Salomatlik Salomatlik Ertalab yuzda shishlarsiz uyg‘onish uchun kechki ovqatga nima iste’mol qilish kerak?

Ertalab yuzda shishlarsiz uyg‘onish uchun kechki ovqatga nima iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 308


Ertalab yuzda shishlarsiz uyg‘onish uchun kechki ovqatga nima iste’mol qilish kerak?

Ertalabki shish muammosi barchaga yaxshi ma’lum. Ba’zilarda tungi ziyofat tufayli, boshqalarda esa har kuni va hech qanday sababsiz ham shish kuzatiladi. Darhaqiqat, tanada suyuqlik to‘planish sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal nomutanosiblik, yomon uyqu yoki suvsizlanish. Shifokor, albatta, shish paydo bo‘lishining

sababini aniqlashga yordam beradi.

Foto: BeautyHack

Ko‘pincha shish kechasi iste’mol qilgan mahsulotdan kelib chiqadi. Ertalab shishning oldini olish yoki kamaytirish uchun diyetologlar yotishdan 2-3 soat oldin kechki ovqatni tanovul qilishni tavsiya qiladi. Albatta, ideal holda, kechki ovqatdan butunlay voz kechish yaxshiroqdir, lekin har qanday inson ham sog‘lom odatlar va qoidalarni buzadi. Agar sharoitlar kechki ovqatdan bosh tortishga imkon bermasa, suyuqlik va ko‘p tuzni o‘z ichiga olmaydigan mahsulotlar tavsiya etiladi.

Grechka

Tuz va ziravorlarsiz qaynatilgan grechka shishsiz uyg‘onishni istaganlar uchun ayni muddaodir. Kletchatkaga boy grechka, bundan tashqari tanadan toksinlarni olib tashlaydi va tezda to‘qlik hissini beradi.

Olma

Olma vitaminlarning haqiqiy ombori va shishmaslik uchun ajoyib vositadir. Bu mazali meva kletchatka, organik kislotalar, polifenol antioksidantlar, kaliy, temir, yod, C va B vitaminlari va boshqa oziq moddalar, minerallarga boy. Ular ortiqcha suyuqlik va toksinlarni olib tashlaydi va bundan tashqari, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

Petrushka

Umuman olganda, har qanday ko‘katlar shishlarga qarshi kurashda yordamchi hisoblanadi. Ammo petrushka alohida e’tiborga loyiqdir, bu tanadan ortiqcha suyuqlik va toksinlarni olib tashlaydi va shu bilan shishni yengillashtiradi. Kechki ovqat uchun petrushkadan yengil salat yoki smuzi  tayyorlash mumkin.

Quritilgan o‘rik

Quritilgan o‘rik diuretik ta’sirga ega va toksinlar bilan birga suyuqlikni tanadan chiqarib tashlaydi. Bir necha soat ichida shishni yengillashtiradigan quritilgan o‘riklarning sharbatlari ayniqsa foydalidir.

Bulg‘or qalampiri

Bulg‘or qalampirida tananing to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab vitaminlar va minerallar mavjud. Magniy va kaliyga boy qizil qalampir, ayniqsa, shish bilan kurashishda yaxshi. Shuningdek, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar tanadan ortiqcha suyuqlikni olib tashlash uchun mas’ul.

Mavzuga doir:

  • Yangi yil dasturxonidagi salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar
  • Qomatga salbiy ta’sir qiladigan foydali mahsulotlar
  • Yashirin shakar: Qandli diabet paydo bo‘lishiga olib keluvchi 7 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.