Salomatlik Salomatlik Qandli diabet, artrit va volchanka. Terida aks etadigan 8 kasallik

Qandli diabet, artrit va volchanka. Terida aks etadigan 8 kasallik

O'qildi: 362


Qandli diabet, artrit va volchanka. Terida aks etadigan 8 kasallik

Terida jiddiy o‘zgarish yoki muammo kuzatilmagan taqdirda ham shifokorlar yilda bir marta dermatolog ko‘rigida bo‘lish muhimligini ta’kidlaydi. Bu xavfli o‘sma hamda kasalliklar belgisi bor yoki yo‘qligini aniqlash va oldini olishga yordam beradi.

Foto: Freepik

Qandli diabet

Qandli diabetning ikkinchi turiga chalingan kishilarning deyarli yarmi turli teri kasalliklaridan aziyat chekadi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani acanthosis nigricans — bo‘yin va qo‘ltiq sohalarida terining baxmalga o‘xshab qorayishi va dag‘allashishi hisoblanadi. Odatda bemorlar mazkur simptomga e’tibor qaratmaydi, lekin dermatolog va endokrinologlar buning qandli diabetning boshlanishidan darak ekanini bilishi va kasallik rivojlanib ketishining oldini oluvchi davolash choralari haqida ma’lumot berishi mumkin.

Volchanka(teri silining bir turi)

Yanoqlarda toshmalar paydo bo‘lishi ko‘p hollarda ayollarda uchraydigan autoimmun kasallik — volchankadan darak berishi mumkin. Shuningdek, toshmalar bosh terisi, quyosh nuri ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan terining ochiq yuzalarida paydo bo‘lishi mumkin.

Seliakiya(glyutinni ko‘tara olmaslik)kasalligi

Ushbu kasallik glyutin va tarkibida glyutin bo‘lgan mahsulotlar iste’molidan kelib chiqadi. Mazkur kasallikning ilk simptomida tirsak, tizza va bosh terisida qichimali pufaklar paydo bo‘ladi. Ajablanarlisi, mazkur simptomlarda bemorlar oshqozon-ichakda muammo borligidan shikoyat qilmaydi. Bunday kasallikda glyutinsiz parhez qilish dermatitni bartaraf etadi.

Revmatoid artrit

Ushbu yallig‘lanish kasalligi oyoq va qo‘l bo‘g‘inlarida ba’zi hollarda terida og‘riq kuzatilishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikdan aziyat chekkan bemorlarning 20-30 foizining bo‘g‘inlar atrofidagi terisida o‘zgarish kuzatiladi. Shuningdek, qo‘lning pastki sohasida terining ingichkalashishi va tirnoqlarning yupqalashishi ham uchrashi mumkin.

Qalqonsimon bez kasalliklari

Bir necha oy davomida yuzga husnbuzar toshishi bezovta qiladigan bo‘lsa, unda endokrinologga murojaat qilish kerak. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq ayrim kasalliklar terida yallig‘lanish keltirib chiqarishi mumkin.

Ichaklar kasalliklari

Yarali kolit yoki Kron kasalligi bilan og‘rigan har uchinchi bemor, teri kasalliklariga xos simptomlardan shikoyat qiladi. Kolit bezovta qilgan bemorlar boldir va to‘piqlarida kundan-kunga kattalashib boradigan yaralar borligining guvohi bo‘lishi mumkin. Kron kasalligida esa teri ustida yoriq va bo‘rtib chiqqan toshmalar paydo bo‘ladi.

Gepatit C

AQShda o‘tkazilgan tadqiqotda, ushbu kasallikka chalingan bemorlarning 15-20 foizida teri bilan bog‘liq simptomlar — toshma, vaskulit va qizil temiratki aniqlangan. Gepatit C bilan kasallangan aksari bemorlar kasalligi haqida bilmaydi va kech xabar topadi. Rivojlanib ketishini oldini olish uchun esa toshma va husnbuzarlarga bee’tibor bo‘lmaslik kerak.

Buyrak usti bezi yetishmovchiligi

Buyrak usti bezlarining asosiy vazifalaridan biri stress gormoni kortizol miqdorini nazorat qilib turish hisoblanadi. Agar buyrak usti bezlari o‘zining mazkur faoliyatini bajara olmasa, Addison kasalligi rivojlanishi mumkin. Bu kasallikda mushaklar kuchsizlanishi, charchoq, vazn va ishtaha yo‘qotish, qon bosimi va qondagi qand miqdorining tushib ketishi kuzatiladi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi va vaqtida tashxis qo‘yish hollari kam kuzatiladi. Ushbu kasallikni vaqtida payqash va tashxis qo‘yish uchun teri qorayishi va unda tushunarsiz kengayishlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish darkor.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.