Olimlar bolalarning loy o‘ynashi salomatlik uchun foydali ekanligini isbotladi
Finlyandiyaning Xelsinki universiteti olimlari bolalar vaqtini toza havoda o‘tkazishi va loy o‘ynashi kerakligini aniqladi. The Guardian’ning ma’lum qilishicha bu immunitet mustahkamlanishiga yordam beradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Foto: Infox.ruTadqiqotda 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan jami 75 nafar bola ishtirok etgan. “Natijani ko‘rib juda hayratda qoldik”, — deydi mutaxassis Aki Sinkkonen.
Tadqiqot doirasida bolalardan iborat bir guruh ishtirokchilar kun davomida o‘rtacha 90 daqiqa ochiq maydonda loy o‘ynagan. Ikkinchi guruhdagi bolalar esa vaqtini shaharda o‘tkazgan.
Foto: GuardianMutaxassislar ochiq maydonda bo‘lgan bolalar terisida bakteriyalar xilma-xilligi ko‘payib, immunitet mustahkamlangani: qon tarkibida yallig‘lanishga qarshi oqsil — IL-10 miqdori ko‘payganini aniqlagan. Natijada bolalarning tuproq yuzasidagi mikroblar bilan kontaktda bo‘lishi muhim degan xulosaga kelingan.
Olimlar, shuningdek, bolalar immun sistemasini mustahkamlash uchun loy va o‘simliklar bo‘lmagan joylarga turli mikroblardan iborat qumli o‘yin maydonchalarini o‘rnatish imkoniyatini o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
- Videoo‘yin ilk marta davolash xususiyatiga ega vosita sifatida tan olindi
- Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar
- “Tom va Jerri”, “Qizaloq va maymoq”. Bola psixikasiga salbiy ta’sir qiladigan multfilmlar
- Olimlar qo‘l bilan yozish xotira va o‘rganishga klaviaturada yozgandan ko‘ra foydaliroq ekanini aniqladi
Manba