Salomatlik Salomatlik Mavsum tuhfasi: xurmoning siz bilmagan foydali xususiyatlari

Mavsum tuhfasi: xurmoning siz bilmagan foydali xususiyatlari

O'qildi: 397


Mavsum tuhfasi: xurmoning siz bilmagan foydali xususiyatlari

Kuz va qish mavsumida sevib iste’mol qilinadigan mevalar sirasiga kiruvchi xurmo o‘zida ko‘plab foydali moddalarni saqlaydi. Masalan, qarishning oldini oladi, tanani tetiklashtiradi, shuningdek, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bir stakan qahvani bemalol xurmoga almashtirish mumkin. Ammo mevaning hamma turi ham foydali bo‘lmasligi haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Yaxshisi, ular haqida quyida to‘liqroq bilib olgan afzal.

Foto: Pinterest

Mevaning foydali xususiyatlari:

  • Yorqin to‘q sariq rangdagi xurmo o‘zida beta-karotinning yuqori miqdorini ko‘rsatadi. Bundan tashqari u natriy, magniy, kaliy, yod va temir moddalariga ham boy. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 100 gramm xurmo tarkibida 100 gramm olma tarkibida bo‘ladigan tolalar miqdori ikki baravarga ko‘p. Shuningdek, yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun yetarli miqdorda fenolik birikmalar mavjud.
  • Xurmo mevasi barcha yoshdagi odamlarning ratsioniga kiritilishi kerak. Mevalarda ko‘p miqdordagi katexin – qarishga qarshi kuchli ta’sirga ega polifenolik birikmalar mavjud. Xurmo po‘stlog‘i antioksidantlarga boy bo‘lganligi sababli uni shundayligicha iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  • Meva tarkibida kaliy va fruktoza miqdori yuqori bo‘lganligi sababli kun yarmida uni iste’mol qilish juda foydali. Bir dona mevadagi energiya manbayi qahvanikidan qolishmaydi.
  • Xurmodan diuretik kasallik tufayli yuzaga keladigan shishlarning oldini olishda foydalaniladi. Tarkibidagi kaliy moddasi tufayli organizmdagi ozuqaviy moddalarni yo‘qotmasdan ortiqcha suyuqlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Magniy esa buyrakdagi toshlar xavfini kamaytiradi.
  • Tarkibidagi beta-karotin, lyutein va zeaksantinning yuqori miqdori ko‘z uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi. Kunlik tavsiya etilgan o‘rtacha bitta meva A vitaminining 55 foizini ta’minlaydi. Bu esa ko‘z va ko‘rish qobiliyatidagi barcha muammolarni bartaraf etish demakdir.
  • Kundalik ratsioniga xurmoni qo‘shgan insonlar immuniteti sezilarli darajada yaxshilanadi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, mahsulotning tarkibida A vitamin, antioksidantlar va botulin kislotasining ko‘pligi tufayli saraton kasalligiga qarshi kurashishda yordam beradi.
  • Qiziqarli fakt, Sharq mamlakatlari xurmoni hiqichoqdan xalos bo‘lish uchun ham iste’mol qiladi.
Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan holatlar

Xurmoni qandli diabet, allergiyaga moyil bemorlar iste’mol qilmagani ma’qul. Sababi meva tarkibida shakar miqdori juda yuqori. Shuningdek, chaqalog‘i bor ayollar ham ushbu mevani ratsioniga ehtiyotkorlik bilan kiritishi zarur, sababi bolada allergiya paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarga esa xurmo uch yoshdan berish yaxshiroq. Ichak muammolari yoki ich qotishidan aziyat chekadiganlarga xurmo iste’moli tavsiya etilmaydi. Mevani qisqichbaqa yoki undan so‘ng, shuningdek, sovuq suv yoki sut bilan tanovul qilish ham mumkin emas.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.