Salomatlik Salomatlik Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari

Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari

O'qildi: 335


Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari

Shakar tanaga katta zarar yetkazadi, shuning uchun butun dunyodagi ovqatlanish mutaxassislari undan voz kechishni yoki hech bo‘lmaganda cheklashni tavsiya qiladi. O‘zlarini zavqdan umuman mahrum qilmaslik uchun sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari shakarning turli xil alternativlarini qidirmoqda. Eng mashhurlaridan biri — anjir. Bu meva nafaqat shirin, balki ko‘plab foydali moddalarga boy. Ushbu mevaning xususiyatlari haqida quyida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Anjirning foydalari

Anjir — bu tanadagi ko‘plab jarayonlarning to‘g‘ri amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan misning haqiqiy manbayidir. Bu metabolizmni normallashtirish, yangi qizil qon hujayralari — eritrotsitlar, neyrotransmitterlar va biriktiruvchi to‘qimalarni ishlab chiqarish uchun zarur.

Bundan tashqari, meva B6 vitaminiga juda boy  — bu organizmga oqsillarni aminokislotalarga ajratishga, ulardan energiya olishga yordam beradi, asab tizimining salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Antioksidantlarga boy bo‘lgan  anjir, shuningdek, yoshlikni saqlashga yordam beradi: ular tana hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi, ajinlar va giperpigmentatsiyaning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Anjirni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar anjirni iste’mol qilish orqali xolesterin miqdorini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Qolaversa, meva K vitaminiga boy, u qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qonda tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Anjir mevasida kletchatka odatdagidan yuqori bo‘lgani uchun u oshqozon-ichak traktining sog‘lig‘ida muhim rol o‘ynaydi. Bu ichak harakatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi va tizimda ayrim kasalliklarning oldini oladi.

Anjir har xil vitamin va mikroelementlarga juda boy, agar meva quritilsa, konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Biroq bu holda, shakar konsentratsiyasi va mevalarning kaloriya tarkibi deyarli 5 barobar oshadi, shuning uchun mutaxassislar meva holicha iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Anjirning zararli tomonlari

Anjir biror zararli xususiyatlarga ega emasligi aniqlanmagan, biroq bir qancha sabablarga ko‘ra undan ehtiyot bo‘lish kerak. Birinchidan, meva, ayniqsa, quritilganida qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirib yuborishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi shakarni o‘z ichiga oladi va uzoq muddatda ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi. Qizig‘i shundaki, choy damlanadigan anjir barglari, aksincha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Bundan tashqari, anjir, deyarli har qanday mahsulot kabi tarkibida ko‘p miqdorda shakar va meva kislotalari mavjudligi tufayli kuchli allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Uni hech qachon yemagan inson to‘satdan mevani sinab ko‘rishga qaror qilgan bo‘lsa, tananing qanday reaksiyaga kirishini ko‘rish uchun ozroq miqdorda iste’mol qilishi zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.