Salomatlik Salomatlik Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?

Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?

O'qildi: 469


Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?

Keshyuning vatani Braziliya bo‘lib, ularni bilmagan, tatib ko‘rmagan inson bo‘lmasa kerak. Bu kabi yong‘oqning tarkibi shunchalar foydaga boyki, u inson tanasining barcha tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda yana bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni Harper’s Bazaar jurnali taqdim etadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Shuningdek, keshyu tarkibida omega-3, omage-6 va omega-9 yog‘ kislotasi mavjud. Ular antioksidantlar bilan birgalikda tanani erkin radikallar zararlashidan himoya qiladi, yallig‘lanishni to‘xtatadi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Terini oziqlantirib, ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Yong‘oq misga ham boy bo‘lib, terining sifatini yaxshilashga yordam beradi va unga tabiiy go‘zallik baxsh etadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Unchalik ko‘p miqdorda bo‘lmagan keshyu magniyning kunlik qiymatining 70 foizini o‘z ichiga oladi. Bu yurak, asab va mushak tizimlarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur hisoblanadi. Tanadagi magniy yetishmovchiligi surunkali charchoqqa, sustlikka, qon bosimining ko‘tarilishiga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi ham mumkin.

Keshyu yong‘og‘ini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yong‘oq tarkibidagi yog‘ kislotalari va minerallar yurak mushaklari va qon tomir devorlarini kuchaytiradi. Xolesterin miqdori oshishining oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Shuningdek, hamisha bir xil vaznda turishni istovchilar uchun mutaxassislar parhezga keshyu yong‘og‘i qo‘shishni tavsiya etadi. Birinchidan, yong‘oq tarkibida oqsil mavjud, ikkinchidan, u past kaloriyali yong‘oqning eng yaxshi uchtaligiga kiradi. Eng foydali jihati shundaki, mazali bo‘lishiga qaramay, u qand miqdorining oshishga olib kelmaydi, uzoq vaqt ochlikni qondirishi va ovqatlanishni kamaytirgani uchun ham ushbu yong‘oqlar vazn tashlashda samarali vosita hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.