Yod tanqisligi inson intellekti va IQ darajasi susayishiga sabab bo‘ladi
O'qildi: 428
Okean va dengizlardan uzoqlik, keskin kontinental iqlim sharoiti xalqimiz salomatligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim kasalliklar borki, ular O‘zbekistonda surunkali tus olgan. Shulardan ba’zilari yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqadi.
Shu bois O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tkir global tibbiy-ijtimoiy va demografik muammo sifatida baholayotgan ushbu xastalik 130 dan ortiq mamlakatda uchraydi.
Dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ida uning rivojlanish xavfi yuqori. Shunday hududlarda yashovchi 740 million nafar kishida yod tanqisligi kasalliklarining turli ko‘rinishlari mavjud va ularning 50 million nafarida miya disfunksiyasi va aqliy zaiflik kuzatilishi kishini yana ham xavotirga soladi.
Bu kabi holatlarning asosiy “aybdor”i — yod mikroelementidir!
Xo‘sh, bu modda hayotimizda nega bunchalik muhim ahamiyat kasb etadi?
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar ilmiy bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimovadan bu boradagi savollarimizga javob oldik.
“Yod mikroelementi inson organizmida qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun zarur, — deydi N.Alimova. — Yetarli darajada yod iste’mol qilmaslik qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib keladi”.
Ming afsuski, hozir mamlakatda yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lmagan hududning o‘zi yo‘q. Deyarli barcha aholi vakillari ratsionida bu mikroelement tanqisligi kuzatiladi.
Kimga qancha yod zarur?
“Yod shunday moddaki, uni inson organizmi ishlab chiqara olmaydi, faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin.
Yodga bo‘lgan ehtiyoj chaqaloqlarda kuniga 50 mikrogramm, 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 90 mikrogramm, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lganlar uchun 120 mikrogramm, o‘smirlar va kattalarda esa 150 mikrogrammni tashkil qiladi.
Ayollarda homiladorlik va emiziklilik davrida yodga bo‘lgan ehtiyoj kuniga 200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi. Chunki onaning tanasi yodni homila yoki emizikli bola bilan bo‘lishadi.
Yod yetishmasa, yodlash qobiliyati susayadi(mi?)
Tanadagi yod miqdorining doimiy kamayib borishi va qonda qalqonsimon gormonlar konsentratsiyasining pasayishi natijasida bola miyasining rivojlanishi buziladi.
Yod tanqisligi sabab bolada og‘ir klinik kasalliklar, ya’ni endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolish, aqliy zaiflik paydo bo‘lishi kuzatiladi. Yod yetishmovchiligidan kelib chiqadigan asoratlar perinatal va chaqaloqlar o‘limiga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.
Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, yodning nisbatan kichik tanqisligi bo‘lgan hududlardagi maktab o‘quvchilarining 10 foizga yaqinida endemik buqoqning tarqalish xavfi mavjud. Bunday joylardagi aholining IQ darajasi va boshqa intellektual ko‘rsatkichlari o‘rtacha 10 foizga kamayishi kuzatilgan.
Yod yetishmovchiligi bolalarning:
Manba: Daryo.uz

- 90 foizida nutq rivojlanishining orqada qolishi,
- 80 foizida emotsional ta’sirchanlik va agressiya,
- 30 foizida e’tibor sustligi,
- 20 foizida o‘z tengdoshlari va kattalar bilan muloqotning qiyinlashuvi,
- 10 foizida aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi salbiy holatlar bilan namoyon bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.