Salomatlik Salomatlik Qo‘llarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan 7 ta jiddiy kasallik

Qo‘llarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan 7 ta jiddiy kasallik

O'qildi: 337


Qo‘llarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan 7 ta jiddiy kasallik

Qo‘llar nafaqat shaxsni aniqlashga yordam beradi, balki tibbiy kartochka ham hisoblanadi. Undagi o‘zgarishlar turli kasalliklardan darak berishi mumkin.

Foto: Aif.md

Artrit

O‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan yuqori ekani artritga chalinish xavfi yuqori ekanini bildiradi. Shuningdek, bu holat estrogen gormonining kamligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tizza artritiga ham ta’sir qiladi.

Parkinson kasalligi

Qo‘l qaltirashiga antidepressant va astmani davolash uchun dori vositalari, shuningdek, kofeinni ko‘p qabul qilish ham sabab bo‘lishi mumkin. Agar bir qo‘lingiz yoki har ikkisi unchalik kuchli qaltiramasa, bu Parkinson kasalligidan darak beradi. Zudlik bilan mutaxassis ko‘rigidan o‘ting.

Buyrak kasalligi

Tirnoqlar rangining o‘zgarishi buyraklarda bir gap borligidan darak beradi. Hindistonlik mutaxassislar tomondan o‘tkazilgan tadqiqotda tirnoq ustki qismining jigarranggacha bo‘lgan qorayishi, taxminan, 36 foiz buyrak kasalligida kuzatilish aniqlangan. Shuningdek, to‘q vertikal chiziq bo‘lganda ham bee’tibor bo‘lmaslik, shifokorga murojaat qilish kerak. Bu melanomaning belgisi bo‘lishi mumkin.

Yurak kasalliklari

Yurak kasalliklariga chalinish xavfi qanchalik yuqori ekanini bilmoqchi bo‘lsangiz, do‘stingiz qo‘lini qising va undan baholashini so‘rang. Lancet jurnalida yozilishicha, qo‘lni qisish darajasi yurak salomatligi haqida qon bosimidan ham ishonchliroq marker hisoblanadi. Shifokorlar hamma gap mushaklarning kuchida deb hisoblaydi: qo‘l qisilganda bo‘shashish va kuchsizlik qancha ko‘p bo‘lsa, kasallikka chalinish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Gipertoniya

Qon bosimi ko‘tarilishiga moyillikni barmoq uchidan aniqlasa bo‘ladi. Bunga barmoq uchining ichki tomonidagi chiziqlar yordam beradi. 139 kishi ishtirok etgan tadqiqotda aniqlanishicha, gajakka o‘xshash chizig‘i borlarda boshqalarga nisbatan gipertoniyaga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.

Anemiya

Anemiyaning bir necha turlari mavjud, lekin ularning bari organizmda barcha a’zolarni qon bilan ta’minlaydigan sog‘lom qon hujayralari yetishmasligi bilan bog‘liq. Teri rangi, ayniqsa, qo‘llar va tirnoq atrofining oqarishi anemiyaning umumiy simptomi hisoblanadi.

Jigar kasalliklari

Qo‘l kaftida qizil dog‘larning paydo bo‘lishi rivojlanayotgan jigar kasalliklaridan dalolat berishi mumkin. Shuningdek, hatto sovuq kunlarda ham qo‘lning iliq bo‘lib turishi ham kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.