Mavsum mevasi: Gilosning qanday foydali xususiyatlari bor?
Agar foydali bo‘lsa, iste’mol qilishni yoqtiradigan mevalarni tatib ko‘rish juda ham yoqimli. Buning mavsumi allaqachon boshlangan gilos nisbatan aytish mumkin. U boshqa mavsumiy mevalarni ko‘p jihatdan ortda qoldiradi, organizm uchun juda foydali, shirinlik va boshqa gazaklar uchun ajoyib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. The Symbol nashri ushbu mevaning foydali tomonlari va nima uchun uni ratsionga kiritish kerakligini ma’lum qildi.
Foto: PinterestJuda ko‘p kletchatkani o‘z ichiga oladi
Kuniga tavsiya etilgan 25-30 gramm kletchatkani qabul qilish har doim ham oson emas, lekin organizm muhtoj bo‘lgan juda foydali mikroelementdir. Bir stakan gilosda 3 gramm kletchatka bor, shuning uchun meva uning ajoyib manbayi hisoblanadi. Kletchtakaga boy ratsion sog‘lom tana vaznini saqlashga yordam beradi, ichak salomatligini yaxshilaydi, xolesterin va yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va hatto qonda shakar darajasini nazorat qiladi.
Yallig‘lanishga qarshi vosita
Mushaklar yoki bo‘g‘imlar og‘riyaptimi?Gilos og‘riqni yengillashtiradigan shirinlikdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gilos antosiyaninlarga, “Ibuprofen” dorilar kabi to‘qimalarning yallig‘lanishiga qarshi kurashadigan polifenollar guruhiga boy.
Yurak salomatligi uchun foydali
Gilosda mavjud bo‘lgan antosiyaninlar yurak uchun ham foydalidir. Olib borilgan izlanishlar natijasida, bu moddalar yallig‘anishni kamaytirish va sog‘lom arterial funksiyani rag‘batlantirish orqali yurak kasalliklarining oldini olishda ahamiyatli ekani aniqlandi.
Uyqu sifatini yaxshilaydi
Ma’lumotlariga ko‘ra, gilos melatonin gormonining tabiiy manbayi bo‘lib, u organizmning ichki soatini boshqarishga va uyqu sifatini oshirishga yordam beradi. Har kuni 25 dona gilos iste’mol qilish uch kun ichida sog‘lom va uzoqroq uxlashga yordam beradi. Milliy uyqu fondi maksimal foyda olish uchun yotishdan oldin qisqa vaqt ichida gilos iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Mavzuga doir:
- Qaysi biri afzal: ferma sutimi yoki qadoqlangani?
- Bodring har kun iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
- Bodom, loviya va qovoq urug‘i: Sinkka boy bo‘lgan 13 ta mahsulot
- Har kuni bitta olma iste’mol qilishga undaydigan 10 ta sabab
Manba