Kundalik hayotda bo‘g‘imlarga zarar keltiradigan 5 ta odat
Yosh bilan salomatlik insonda vaqt o‘tgan sari yomonlashib boradi, tana qismlari ertami-kechmi qarishni va kuchsizlanishni boshlaydi. Xususan, suyaklar va biriktiruvchi to‘qimalar, bo‘g‘imlar ishdan chiqadi. Suyak va bo‘g‘imlardagi og‘riq bir qancha qiyinchiliklarni: doimiy noqulaylik shuningdek, harakatlanishga to‘sqinlik qiladi.
Foto: PinterestLekin ko‘pincha sog‘liqdagi muammolarga insonlarning o‘zi aybdor, chunki ba’zi xatti-harakatlar bo‘g‘imlarni kasal qiladi.
Noqulay poyabzal
Bu ko‘pincha ayollarga tegishli. Noqulaylik tug‘dirishiga qaramay, ayollar odatda baland, ingichka poshnali tuflilar kiyadi. Ushbu odat umurtqa pog‘onasi va oyoqlarning charchashiga olib keladi. Shuningdek, bu kabi poyabzallar qon aylanish tizimini buzadi. Erkaklar esa odatda tag qismi yedirilgan poyabzallarni kiyishga odatlangan. Ammo bu ham mushak-skelet tizimiga zarar yetkazadi.
Kunni bir xil uslubda o‘tkazish
Hozirgi kunda ko‘pchilik ish kunida ofisda o‘tirishga majbur bo‘ladi. Tinimsiz kompyuterda matn terish ham bo‘g‘imlarga zarar yetkazadi, artrozni keltirib chiqaradi. Shuningdek, tun-u kun tik yuradigan navbatchilarning salomatligi ham xavf ostida bo‘ladi.
Sovuq havo
Sovuq harorat ham issiq kabi tanaga zararli hisoblanadi. Ammo past harorat barcha yallig‘lanishni kuchaytiradi. Shuning uchun onalar farzandlarini bolalikda issiq kiyintirishga odatlantirgan. Agar sovuqda chiniqishga o‘rganish kerak bo‘lsa, buni ehtiyotkorlik va me’yori bilan amalga oshirish kerak.
Jismoniy faollik
O‘ta ko‘p jismoniy faollik xuddi uning yetishmasligi kabi salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Faqatgina bu borada me’yor bo‘g‘imlarni ishdan chiqarmaydi. Agar tizzalar og‘risa, yugurish va shoshib yurishni cheklash zarur.
Ratsion
Tuz bo‘g‘imlarda suyuqlikni ushlab turishga yordam beradi. Bundan tashqari u yallig‘lanishni kuchaytiradi. Shu sababli spirtli ichimlik ichuvchilarga uni cheklash tavsiya etiladi.
Ushbu maslahatlar ma’lumot sifatida berilgan. Albatta, bularni bajarishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Manba