Salomatlik Salomatlik Infeksiya bilan kurashishda rux moddasining ahamiyati

Infeksiya bilan kurashishda rux moddasining ahamiyati

O'qildi: 222


Infeksiya bilan kurashishda rux moddasining ahamiyati

Mutaxassislar rux moddasi yetishmovchiligi bo‘lmasligiga e’tibor qaratish hamda immunitetni mustahkamlovchi ushbu moddaga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Bu infeksiyadan keyin organizmni tozalashga yordam beradi.

Foto: “Medik Forum”

Shifokorlarning fikricha, salomatlik hamda ko‘plab infeksiyalar avj oladigan mavsumda rux moddasi yetarli darajada qabul qilinishi kerak. Bu mikroelement organizmning uzluksiz ishlashiga yordam beradi, ko‘plab biologik funksiyalarda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, organizmni kasallikdan keyin o‘ziga kelishida immun tizimining infeksiyaga qarshi qanchalik kuchli ekani va regeneratsiya jarayonining jadalligini aniqlaydi.

Food News portalida yozilishicha, rux moddasining biroz yoki o‘rtacha yetishmasligi ham immun hujayralarini izdan chiqarib, infeksiya yuqishiga moyillik ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish mikroelement darajasini saqlab turishga yordam berishi mumkin.

Loviya, tovuq go‘shti, tuxum, qovoq urug‘i, no‘xat, bodom, shuningdek, pishloq, yeryong‘oq kabi mahsulotlar ushbu muhim mikroelementni o‘zida mujassam qiladi. Ruxga eng ko‘p boy bo‘lgan mahsulot esa ustritsa(dengiz mollyuskasi)hisoblanadi.

Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, rux farzand ko‘ra olmaslik hamda oshqozon-ichak trakti va soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishda ham samarali sanaladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.