Tongda ishtaha bo‘lmasdan kechasi qorin ochishining sababi nimada?
Tongda hech narsa yeyishni istamaslik, kunning ikkinchi qismida esa ishtaha ochilishiga turli tadqiqotlarda turli sabablar vaj qilib ko‘rsatiladi. Ovqatlanish borasidagi mutaxassis, trener-nutritsiolog Tatyana Demnenkoning bu boradagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: Women’s networkKechqurun qorin ochishining sababi nimada?Qondagi qand miqdori
Qorinning to‘q yoki ochligi ham qondagi qand miqdoriga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U me’yorda yoki me’yordan biroz balandroq bo‘ladigan bo‘lsa, demak organizm to‘q bo‘ladi. Agar me’yordan kamayadigan bo‘lsa, miya signal beradi va odam ochlikni his qila boshlaydi.
Nima uchun tundan keyin, uzoq muddat ovqatlanmasa ham qonda qand miqdori o‘zgarmagan bo‘ladi?
Bunga tongda stress gormonining oshishi sabab bo‘lishi mumkin. Biz ovqatlanmagan vaqtda glyukoneogenez qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turadi. Yana bir nazariyaga ko‘ra, organizm navbatdagi kunga tayyorgarlik ko‘radi va unga yordam berish uchun zaxira to‘play boshlaydi. Shu jumladan glyukozani ham odatdagidan ko‘proq ajrata boshlaydi.
Kunning ikkinchi qismida esa ahvol boshqacharoq bo‘ladi. Kun davomida ratsionning balansda ekanligi hamda yetarli miqdorda suyuqlik ichish haqida g‘am yemagan organizm kechasiga borib ochiqishni boshlaydi. Qonda qand miqdori tushib ketadi, oshqozon bo‘shab qoladi, grelin ko‘payadi va buning oqibatida psixologik jihatdan toliqqan organizm o‘ziga “rag‘bat” istaydi.
Uzoq vaqt ovqatlanilmasa, shuncha kam yegingiz keladi
Ikkinchi sabab ham gormonlar bilan bog‘liq. Antogonist-gormonlar grelin va liptin ta’siri doirasida ochlik va to‘qlikka ham aloqador hisoblanadi. Grelin ochlikka, leptin esa to‘qlikka javob beradi.
Odatda tungi uyqudan keyin tongda ochlik gormoni ovqatlanish kerakligiga signal beradi. Ammo qancha uzoq vaqt ovqatlanilmasa, shuncha kam yeyishga xohish bo‘ladi. Bu vaqtda kichik tamaddi ham ochlik hissiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sabab ham ortiqcha vaznli kishilarda bu nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada ovqatlanishga talab oshishiga sabab bo‘ladi.
Ovqatlanmaslik grelinga ta’sir qiladi va kishi ochlikni his qilmaydi. O‘z navbatida leptin miqdori ham tongda ko‘proq bo‘ladi. Shuning hisobiga ham bunday vaqtda kishi nonushta qilishni xohlamasligi tabiiy.
Odatlar
Ovqatlanishga rioya qilish va ratsionning qanday ekani turmush tarzi, oilada, ish va o‘qishda tanоvul qilishga bo‘lgan ehtiyojga qarab shakllangan bo‘ladi. Har kuni takrorlanadigan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlarga organizm ko‘nika boshlaydi va bu uning uchun odatiy hol bo‘ladi.
Har kuni bir odat takrorlanganidan keyin tana barcha fiziologik jarayonlar uchun yangi funksiyalar rejimiga o‘tadi. Sodda qilib aytganda odatlar va takrorlanadigan harakatlar bilan organizmni kunning boshlanishidan taom iste’molini talab qilmaslikka aksincha, kunning ikkinchi qismidan ovqatlanishga ehtiyoj sezishiga o‘rgatib qo‘yamiz.
Kishi yeyishni istamasa ham o‘zini nonushta qilishga majburlashi kerakmi?
Bir qancha tadqiqotlarda, nonushta qilmaslik kishining hayot davomiyligi va salomatligiga ta’sir qilishi aniqlangan. Ammo kishi qachon ochlikni his qilsa shunda ovqatlanishi kerak degan qarashlar ham yo‘q emas. Organizmingizga “quloq soling”, ya’ni talab qilganida ovqatlaning. Ammo salomatlik borasida qandaydir muammo bo‘ladigan va tibbiy tashxis bilan bog‘liq bo‘ladigan bo‘lsa boshqa gap.
Manba