Nima uchun ertalab ishtaha bo‘lmay, kechki payt ovqatlanish istagi ortadi?
“Nega ertalab ovqat yeyishni xohlamaysiz, kechqurun esa buning aksi bo‘ladi?” degan savolga javob gipotezaga aylangan. Barcha kashfiyotlar va tadqiqotlarga qaramay, fiziologik vazifalar anatomiyadan farqli o‘laroq, faraziy bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, aniq bir dalil keltirib bo‘lmaydi, deb yozadi Wday.
Foto: PinterestErtalab ishtahaning bo‘lmasligi va tushdan keyin uning mavjud bo‘lishi juda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, u ko‘pincha ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan odamlarda uchraydi.
“Kechki ochlik”ning sabablari:
Qonda shakar miqdori
Buning ishtaha bilan qanday bog‘liqligi bor?To‘qlik mexanizmlaridan biri shakar darajasidir: u normal yoki biroz ko‘tarilgan qiymatga ega bo‘lsa, u holda organizm “to‘q” bo‘ladi. Qiymat pasayishi bilan u miyaga signal yuboradi va ochlik hissi paydo bo‘ladi.
Nega kechki ovqatdan keyin uzoq vaqt davomida qonda shakar darajasi kamaymaydi?
Bunga ertalab stress gormonlari darajasi ko‘tarilganligi sabab bo‘ladi. Shuning uchun glyukoneogenez ovqat iste’mol qilinmasa ham qonda shakar darajasini saqlab turadi.
Yana bir nazariya bor: organizm ertangi kunga yumushlarga to‘la tayyorgarlik ko‘radi va u bilan kurashishga yordam beradigan zaxiralarni yaratishni boshlaydi. Shu jumladan, glyukoza haqida g‘amxo‘rlik qiladi, uni qonga biroz ko‘proq ishlab chiqaradi. Bu o‘ziga xos tayyorgarlik sanaladi.
Kechqurungi vaziyat esa butunlay boshqacha. Kun bo‘yi tinimsiz harakat, to‘g‘ri ovqatlanish va suyuqlik rejimini saqlash haqida qayg‘urmaslik natijasida kechki ovqatda ochlikning eng yuqori cho‘qqisiga duch kelish tabiiy. Qorinda kuchli ovozlar eshitiladi: qonda shakar miqdorining tushib ketishi, bo‘m-bo‘sh oshqozon, grelin gormonining oshib ketishi, psixologik jihatdan charchoq.
Ovqat qancha kam iste’mol qilinsa, ishtaha shuncha kam bo‘ladi
Ikkinchi sabab ham yana gormonlar bilan bog‘liq. Grelin ochlik uchun javobgar va to‘qlik esa leptin gormoni tufayli yuz beradi. Ammo ko‘p vaqt ovqatlanilmasa, ishtaha ham shuncha pasayadi.
To‘g‘ri, har qanday yengil ovqatlanish kuchli ochlikni faollashtiradi, shuning uchun ortiqcha vaznli odamlarda u doimiy iste’mol qilish istagini qo‘zg‘atishi mumkin. Oziq-ovqat yetishmasligi grelinni bostiradi va organizm ochlikni his qilmaydi. O‘z navbatida, ertalab leptin darajasi biroz ko‘tariladi. Bunday vaziyatda nonushta qilish istagi bo‘lmaydi
Odat
Doimiy takrorlanadigan ovqatlanish xatti-harakati kundalik turmush tarzi, oiladagi ovqatlanish madaniyati, ish yoki maktabda ovqatlanish zarurati bilan shakllanadi. Kundalik harakatlar natijasida ma’lum bir odat paydo bo‘ladi va organizm tashqi sharoitlarga moslasha boshlaydi.
Agar ertalab nonushta va kechqurun to‘yimli kechki ovqatni o‘tkazib yuborish uzoq vaqt davomida takrorlangan bo‘lsa, u holda organizm barcha fiziologik jarayonlarning yangi ish rejimini yaratadi. Ya’ni, o‘z organizm ertalab ovqat so‘ramasligi va kechqurun ovqat talab qilishiga moslashtiriladi.
Nonushta qilishni istagi bo‘lmasa, majburlash kerakmi?
“Doimiy ravishda nonushta qilmaslik salomatlik va umr ko‘rish davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud. Biroq, men sog‘lom odam faqat och qolganda ovqatlanishi kerak, deb hisoblayman. Kelasi kun uchun emas, odat bo‘yicha ovqatlaning, chunki mutaxassislar shunday maslahat beradi. O‘zingizga quloq tuting”, — deydi eksperti Tatyana Demyanenko.
Mavzuga doir:
- Tiqilib qoldingizmi?O‘zingizga yordam berishingiz uchun qo‘llanma
- Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?
- Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin?Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot
- Asteniya kasalligi: organizm darmonsizlanganda qanday yo‘l tutish kerak?
Manba