Immunitetni mustahkamlovchi uchta samarali modda nomi ma’lum qilindi
Immunitetni mustahkamlashda C va D vitaminlari, shuningdek, rux(“sink”)eng ko‘p foyda beradi. Bu haqda Florida universitetining Dietologiya va ovqatlanish kafedrasi dotsenti Kristina Palasiosga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Foto: PixabayC vitamini infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradigan leykotsitlar uchun juda muhim. Qish faslida ayniqsa, organizmni virusdan himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Palasisos C vitaminiga boy apelsinlar, greypfrut, qulupnay, pomidor va klyukvalarni iste’mol qilishni maslahat bergan.
D vitamin darajasining pastligi kattalar va bolalarda respirator kasalliklarining rivojlanish xavfini yuzaga keltiradi, shu sababli mutaxassis shifokor bilan maslahatlashgan holda kerakli qo‘shimchalarni olishni tavsiya qilgan.
Rux esa normal hujayralar funksionalligi va normal rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, shuningdek, immun tizimining shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Palasiosning ta’kidlashicha, organizmda rux konsentratsiyasning yuqoriligi viruslarning qayta tiklanishini to‘xtatishi mumkin.
Avvalroq britaniyalik shifokorlar D vitamini yetishmovchiligining xavfli belgisi haqida ma’lumot bergan edi.
Manba