Salomatlik Salomatlik Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?

Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?

O'qildi: 434


Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?

Homiladorlik davrida turli xildagi og‘riqlar bo‘lishi sir emas. Shunday og‘riqlardan biri bachadon yumaloq boylami og‘rig‘i deb ataladi. Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev homilador ayollarda tez-tez kuzatiladigan qorin pastki qismidagi og‘riq sababi haqida ma’lumot beradi.

Foto: “Wday.ru”

Bachadon yumaloq boylami og‘rig‘i — Round ligament pain(RLP). Bu homiladorlik paytida bachadonning yumaloq boylami bilan bog‘lik og‘riqdir.

RLP: Homiladorlik davrining eng ko‘p tarqalgan noqulayliklaridan biri va odatda homiladorlikning o‘n oltinchi haftasidan yigirma ikkinchi haftasigacha davom etadi, gohida tuqqunicha davom etishi mumkin. Bachadon yumaloq boylami qorin bo‘shlig‘ida bachadon osilib turadigan boylamlardan biri, u bachadon va chov orasida joylashgan, tos ichki qismidan  boshlanib chov terisida tugaydi. Homiladorlikda bachadon kattalashganda yumaloq boylam cho‘ziladi va zo‘riqadi. Og‘riq odatda qorinni ikki yon pastki qismida va chov sohasida kuzatiladi.

Homilador ayol harakat qilganida(o‘rnidan turish paytida, o‘tirmoqchi bo‘lganda va hokazo)holatlarda kuchayishi mumkin. Ba’zi homilador ayollarda, tos venalarining kengayishi yumaloq bachadon boylami og‘rig‘ini kuchaytiradi. Tos venalarini kengayishi(varikoz), yumaloq boylam venalarining ham kengayishiga olib keladi(o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan).

Alomatlari:
  • qorinning pastki qismida chov sohasini qamrab, to‘satdan bo‘ladigan og‘riq;
  • to‘satdan harakatlanganda yoki jismoniy mashqlar bajarganda qorin bo‘shlig‘ida sanchiqli og‘riq bir necha soniya davom etishi mumkin;
  • og‘riq qorin bir yon pastki qismida yoki ikki yon pastki qismida davomiy bo‘lishi mumkin.
Nima qilish kerak:
  • avvalambor akusher-ginekologga murojaat qiling. Og‘riqning sababi boshqa kasalliklar tufayli bo‘lishi mumkin, masalan, appendetsit, buyrak tosh kasalligi, bachadon mushaklarining qisqarishi(ya’ni tonusi oshishi)va boshqa kasalliklarda;
  • og‘riq bachadon yumaloq boylami  sababli bo‘layotgan bo‘lsa: og‘riq paydo bo‘lganda tik turgan bo‘lsangiz, sekin asta o‘tiring, agar  o‘tirgan bo‘lsangiz, o‘rningizdan turing va ozgina yuring.
  • odatda og‘riq bir tomondan bo‘ladi. Og‘rimayotgan tomoningizga sekin asta yoting, bu bachadon yumaloq boylamining zo‘riqishini kamaytiradi va og‘riqni to‘xtatadi.
Bachadon yumoloq boylami og‘rig‘ining profilaktikasi uchun shifokoringiz bilan maslahatlashib, quyidagi mashqlarni ehtiyotkorlik bilan har kuni bajarib turing:
  • polga emaklagan holda turing(to‘rt oyoqlab), dumba-son  qismini tushirmagan holatda boshingizni pastga tushiring;

Foto: Getty Images
  • yostiqlardan foydalaning. Dam olish uchun yotganingizda tizzalaringiz orasiga va bo‘ksa qismingizga yostiqchalar qo‘yib yoting;

Foto: Getty Images
  • yetarlicha suyuqlik iching, bu sog‘ligingizga foydali  mushak va mushak boylamlarini cho‘ziluvchanligini kuchaytiradi. Va yana qabziyat bo‘lishini, siydik yo‘llarida infeksiya rivojlanishining oldini oladi;

Foto: Getty Images
  • homiladorlar uchun mo‘ljallangan bandajlardan foydalaning. Kiyim ostidan taqilgani uchun tashqaridan ko‘rinmaydi, lekin bachadonni bir xil holatda ushlab ko‘tarib turadi(ayniqsa uzoq  joylarga, safarga chiqishingizga to‘g‘ri kelganida), hamda bel sohasiga ham quvvat bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Homiladorlik davringiz asoratsiz o‘tsin, doimo sog‘-salomat bo‘ling.

Mavzuga doir:

  • Birinchi yordam: Homiladorlik davrida tomoq og‘rig‘ini bartaraf etuvchi xavfsiz choralar
  • “Likopchadagi quyosh”: Homilador ayollarga pista chaqish mumkinmi?
  • Rossiyalik erkakka homiladorlik tashxisi qo‘yildi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.