Salomatlik Salomatlik Sifatli tibbiyot, bepul mashg‘ulotlar: Singapurliklarning uzoq umr ko‘rish siri nimada?

Sifatli tibbiyot, bepul mashg‘ulotlar: Singapurliklarning uzoq umr ko‘rish siri nimada?

O'qildi: 398


Sifatli tibbiyot, bepul mashg‘ulotlar: Singapurliklarning uzoq umr ko‘rish siri nimada?

Singapur JSSTning uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan top-5 mamlakatlarning 2020-yildagi ro‘yxatidan o‘rin olgan. Birinchi o‘ringa Yaponiya(o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84,5 yosh), ikkinchi o‘ringa Shveysariya ( 84 yosh)va uchinchi o‘ringa Koreya loyiq deb topilgan. Singapur va Ispaniya esa keyingi o‘rinlarni egallagan. Ushbu mamlakatlardagi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 83,3 yosh hisoblanadi. Singapurliklarning bu natijaga erishishi sababi nimada ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Ovqatlanish

Singapur dunyoda milliy taomlarining sifati bo‘yicha Yaponiyadan keyingi o‘rinda turadi. Singapur oshxonasi — mamlakatda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining an’anaviy taomlari umumlashmasidan tashkil topgan. U yerda siz Xitoy, Malayziya va Indoneziya oshxonasiga mansub taomlar, shuningdek, hind va ingliz ovqatlarini ham topishingiz mumkin. Guruch singapurliklar ratsionidagi eng asosiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Aholining taomnomasidan bundan tashqari sabzavot, tropik mevalari, dengiz mahsulotlari o‘rin oladi. Deyarli har bir taomning ramziy ma’nosi borligi Singapur oshxonasiga Xitoynikidan o‘tgan. Masalan: lapsha — uzoq umr ko‘rish, ustritsa — omad, baliq — ravnaq topishning ramzi ekaniga ishonadi.

Singapur oshxonasi mamlakat shaharlarida istiqomat qiladigan turli xalqlarni birlashtiruvchi boshlang‘ich nuqta ekaniga ishontiradi. Tashrif buyurgan sayyoh, taomlar barra va sifatli mahsulotlardan tayyorlanishiga guvoh bo‘ladi. Taomni xo‘randalar xohishidan kelib chiqqan holda o‘zi pishirishi imkoniyati mavjud bo‘lgan restoranlar keng tarqalgan. Singapurliklar ovqat haqida ko‘p gapirishiga qaramay, ortiqcha vazndan aziyat chekadiganlar soni aholining atigi 1,8 foizini tashkil qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Fitnes-klub va bog‘lar

Faol turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik yana bir e’tiborga molik jihat sanaladi. Aksariyat odamlar fitness-klubga qatnaydi, yoki bog‘larning o‘zida mashq bajaradi. Deyarli har bir kondominium hovuz, mashg‘ulot zali va tennis kortini o‘z ichiga oladi. Ayrimlarida esa skvosh ( yopiq joyda raketka va top bilan o‘ynaladigan o‘yin sport turi)uchun xususiy kortlar va mini-golf uchun maydonlar mavjud. Nafaqat yoshlar, balki nafaqaxo‘rlar ham faol hayot kechiradi: ular uchun savdo markazlari va bog‘larda bepul ommaviy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi, kondominiumlarda esa yoshi oltmishdan oshgan insonlar raqs bilan shug‘ullanadi.

Chekish va ichish qimmatga tushadi

Singapurda sigaret va spirtli ichimliklarning narxidan tashqari, ularga to‘lanadigan soliq ham boshqa mamlakatlarga nisbatan qimmatroq. Aynan shu sabab ham ko‘pchilik zararli odatlarga o‘rganib qolishdan aziyat chekmaydi.

Singapurliklar mehnat qilishdan qochmaydi

Aholining deyarli barchasi mehnatsevar. Mamlakatda intellektual salohiyati yuqori va tajribali professionallar qadrlanadi, tajribaga ega bo‘lish uchun esa ko‘p ishlash hamda amaliyot o‘tash muhim sanaladi. Rasman tonggi 8:00 dan boshlanadigan ish vaqti kechki 18:00 da tugashiga qaramay, ishchilar ko‘pincha ofisda uzoq vaqt qolib ketadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Fen-shuy

Singapur Xitoyning fen-shuy falsafasi(Bunday shaharlarda qurilish chiziqlarida umumiy uslub va uyg‘unlikni saqlash muhim sanaladi)tamoyillari asosida barpo etilgan. Har bir bino, bog‘, yo‘llar, umumiy ovqatlanish yerlari, umuman olganda hamma-hamma narsa fen-shuy ustalari maslahatiga binoan uyg‘un qilib qurilgan. Masalan “Siti-senter” majmuasida qad ko‘targan har bir bino balandligi odamning qo‘lidagi barmoqlarni, favvoradagi suv esa pulning ramzi hisoblanadi..

Yil davomida issiq harorat

Havo haroratining keskin o‘zgarishi salomatlik, xususan, yurak-qon tomir tizimi uchun zararli hisoblanadi. Singapurda esa yil davomida yoz fasli hukm suradi. O‘rtacha 24-30 darajada issiq bo‘ladi. O‘zgarishlar esa kuzatilmaydi.

Xavfsizlik va sokinlik

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatidan o‘rin olgan Singapurda, jinoyatlar soni kam, qurol va giyohvand moddalar esa taqiqlangan. Tinchlik va mustahkam asab tizimi esa salomatlikning garovi hisoblanadi.

Sifatli tibbiyot

Singapur dunyodagi eng yaxshi sog‘liqni saqlash tizimiga ega mamlakatlardan biri sanaladi. U yerdagi hamma narsa aholi salomatligini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatda rivojlanayotgan kasallikni davolashdan ko‘ra, profilaktik tibbiyot yordamida oldini olish afzal bilinadi. Aynan shu yondashuv sabab Singapur, aholisi eng uzoq umr ko‘ruvchi beshtalikdan o‘rin olgan bo‘lishiga shubha yo‘q.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.