Oyoq kaftidagi 6 jiddiy kasallikdan darak beradigan o‘zgarishlar
Organizm salomatlikda kuzatiladigan o‘zgarish va muammolardan turli simptomlar orqali darak beradi. Yuz, qo‘llar, soch va hatto oyoqlar kafti ham qaysidir kasallik boshlanayotgani haqida ogohlantirishi mumkin. Asosiysi esa buni o‘z vaqtida payqash va chora ko‘rish.
Foto: FreepikTerining qurishi va ko‘chishi
Terining qurishi va ko‘chishi kuzatilishi qalqonsimon bezda muammo borligini bildiradi. Agar namlantiruvchi kremdan foydalangandan keyin ham teri quruqligicha qolsa va ko‘chsa, endokrinolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya qilinadi. Gap shundaki, ayrim gormonlar miqdorining oshishi yoki kamayishi terini qurishi, yoriqlar paydo bo‘lishi va tirnoqlar mo‘rtlashishiga ta’sir qilishi mumkin.
Oyoq barmoqlarida tuklar bo‘lmasligi
Oyoqdagi tuklar birdan yo‘q bo‘lib, teri oqarib qolgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Bu yurak qon-tomirdagi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan arteriya devorlarida muammo borligidan darak berishi mumkin.
Yara va tirnalishlarning bitmasligi
Glyukozaning miqdoridan oshib ketishi organizm, xususan oyoq-qo‘l sohasidagi qon aylanishi yomonlashganining alomati bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham arzimas yaraning ham bitishi qiyin kechishi mumkin. Agar sizda shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, qondagi qand miqdorini tekshirtirish va endokrinologga murojaat qilish kerak.
Bosh barmoqning yo‘g‘onlashishi
Ushbu simptom artrit yoki peshob kislotasining oshishi sabab kelib chiqadigan podagradan darak berishi mumkin. Me’yorda ushbu kislota peshob bilan organizmdan chiqib ketishi kerak, ammo ayrim hollarda uning cho‘kindilari bo‘g‘inlar orasida to‘planishi mumkin.
Tirnoq ostida qizil chiziqlarning paydo bo‘lishi
Tirnoq plastinasi ostidagi ingichka chiziqlar, ingichka qon-tomirlar shikastlanganidan dalolat bo‘lishi mumkin. Bu muammo yurak yallig‘lanishi ya’ni infeksiya borligi sabab kuzatiladigan endokarditdan dalolat berishi mumkin. Infeksiya davolanmasa, yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Barmoqlarning yo‘g‘onlashishi, deformatsiya
Ushbu simptom tirnoq va barmoq uchida joylashgan mayda arteriyalarning qon bilan ta’minlanishi yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladigan yurak kasalliklari va o‘pka saratonidan darak berishi mumkin. Shu sabab ham ushbu belgiga befarq bo‘lmaslik darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Manba