Qalqonsimon bez kasalliklarini o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Qalqonsimon bez kasalliklarini o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?



Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi ko‘pchilikka noma’lum. Endokrinologga tashrif buyurish boshqa shifokorlarga qaraganda kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy hodisa sifatida qabul qilinadi, deb yozadi “Domashniy ochag”.

Foto: Pinterest

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar nimasi bilan xavfli?

Agar ko‘pchilik qalqonsimon bez butun organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan organ ekanligini bilsa, o‘z munosabatini o‘zgartiradi. Insonning kayfiyati va hatto temperamenti uning ishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez metabolizmning intensivligi uchun mas’ul bo‘lgan gormonlar ishlab chiqaradi, yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak trakti ishini, aqliy va jinsiy faoliyatni tartibga soladi.

Odatda, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar insonni boshqa sog‘liq muammolariga qaraganda kamroq qo‘rqitadi. Ammo metabolizm bevosita ushbu organning ishiga bog‘liq.

Xavf guruhiga kimlar kiradi?

Yod tanqisligi kuzatiladigan hududlarda qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Gap shundaki, bu organ kasalligining asosiy sababi suv va oziq-ovqatda yodning yetarli emasligi. Ayrim mamlakatlarda butun aholi doimiy yod tanqisligi sharoitida yashaydi.

Homilador ayollar uchun xavfli tomoni

Qalqonsimon bez kasalliklari har kim uchun xavfli, chunki yuqorida aytib o‘tilganidek, metabolizmning intensivligi ushbu organning gormonlariga bog‘liq. Biroq bu muammo qaytarilmas oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf guruhlari mavjud. Avvalo, bu farzand kutayotgan ayol uchun tegishli. Homilaning o‘sishini, bolaning jismoniy va aqliy yetukligini belgilaydigan qalqonsimon bez gormonlaridir. Olimlar hatto homilador ayolda qalqonsimon bez kasalligi homilaga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini taxmin qilishdi. Shuning uchun homiladorlikning juda erta bosqichlarida yoki rejalashtirishdan avval endokrinolog tomonidan tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi.

Ehtiyot bo‘ling, bolalar!

Bolalarda qalqonsimon bez kasalliklari yanada xavflidir. Chaqaloqlarda gormonlarning yetarli emasligi rivojlanishning buzilishiga va aqliy qobiliyatlarning pasayishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi past bo‘lgan bolalar uyquchan, ich qotishi va sovuq havoga sezgir bo‘ladi. Ularda ko‘pincha o‘sish sekinlashadi, ishtahaning yetishmasligi, tishlarning chiqishi ortda qoladi. Aksincha, bez juda ko‘p gormon ishlab chiqaradigan bolalarda qo‘zg‘aluvchan, asabiy, yurak urishi tezlashishi, terisi issiq va namlanishi kabi holatlar kuzatiladi. Qalqonsimon bezning yallig‘lanishi qizlarda o‘g‘il bolalarga qaraganda 6 marta ko‘proq uchraydi.

Bola bo‘ynining old qismida kattalashish kuzatilsa yoki yuqoridagi alomatlardan biri sezilsa, uni imkon qadar tezroq shifokorga ko‘rsatishga harakat qilish kerak. Davolashni kechiktirmaslik juda muhim, chunki davolanish tez va o‘z vaqtida boshlansa, ko‘pincha u muvaffaqiyatli kechadi va bolalar normal o‘sish va rivojlanishda davom etadi.

Qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olishning eng oson yo‘li

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarning sabablari boshqacha ham bo‘lishi mumkin. Ba’zi odamlar qalqonsimon bez bilan tug‘iladi, ba’zida infeksiya yoki immunitet tizimidagi o‘zgarishlar sabab bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘proq yod tanqisligi deb ataladigan kasallik uchraydi, ya’ni inson tanasida yodning suv va oziq-ovqat bilan yetarli darajada iste’mol qilinmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun oldini olishning eng oson va samarali usuli yodga boy oziq-ovqatlarni, shuningdek, tuz kabi sun’iy yodlangan mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi.

Kasallikka chalinmaslik uchun qanday qilib to‘g‘ri ovqatlanish kerak?

Faqat yodlangan tuz

Oddiy tuz o‘rniga yodlangan tuzdan foydalanishni odat qilishga harakat qilish lozim — bu organizmni yetarli miqdorda yod bilan ta’minlashning juda samarali usuli. Nima uchun tuz yodlash uchun eng maqbul mahsulot hisoblanadi?Gap shundaki, ushbu mahsulot iste’molini nazorat qilish oson. Ko‘pchilik tuzni taxminan bir xil miqdorda(6-8 gramm)iste’mol qiladi. Bu yil fasliga, iqlimga, oilaning boyligiga bog‘liq emas. Yodning haddan tashqari dozasini olish juda qiyin — buning uchun kilolab yodlangan tuzni iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Boshqa mahsulotlarni yodlash uchun urinishlar bo‘lgan, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Dengiz mahsulotlari

Yodlangan tuzni doimiy iste’mol qilishdan tashqari, endokrinologlar yod bilan boyitilgan non, tuxum va ayniqsa dengiz mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Deyarli har qanday dengiz mahsulotlari juda ko‘p miqdordagi yodni o‘z ichiga oladi, shuning uchun ularni doimiy iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari xavfini bir necha baravar kamaytiradi. Bu, masalan, dengiz mahsulotlari va baliq taomlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan Yaponiyada yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklar deyarli yo‘qligini tasdiqlaydi.

Yodlangan suv

Yodlangan mineral suvga kelsak, uning foydali xususiyatlari hozir juda ko‘p gapiriladi, bu masalaga ham ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Bir litrda 1500 milligrammdan ortiq tuz mavjud, bu juda ko‘p. Esda tutish kerak, bu faqat suv emas, balki dori, shuning uchun uni litrlab ichmaslik kerak. Uni ichishni boshlashdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish lozim. Yana shuni ta’kidlash joizki, shifobaxsh suvda tabiatdan yod bo‘lishi yoki sun’iy yodlangan bo‘lishi mumkin. Albatta, qadoqda “yod” va “yodlangan emas” deb yoziladi.

Endokrinolog bilan muntazam tekshiruvdan o‘ting

Shifokorga muntazam tashrif buyurish, agar mavjud bo‘lsa, muammo dastlabki bosqichda sezilishining kafolati hisoblanadi. Qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda ham terapevtik, ham jarrohlik usullari qo‘llaniladi. Terapevtik davolash qalqonsimon bezning faoliyatini normallashtiradigan gormonal dorilarni qabul qilishdan iborat. Ba’zi hollarda jarrohlik kerak, bunda bezning qaysidir qismi olib tashlanadi. Biroq, vaziyatni shungacha olib kelmaslik tavsiya etiladi, chunki u boshqa organlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ularning ishi qalqonsimon bezning ishi bilan chambarchas bog‘liq.

Qalqonsimon bez endokrin organ, ya’ni gormonlar ishlab chiqaradigan organdir. U bo‘yinning old qismida deyarli bevosita terining ostida joylashgan. Qalqonsimon bez gormonlari(tiroksin va triiodotironin)metabolik jarayonni tartibga soladi. Bundan tashqari, bez organizmdagi kalsiy almashinuvini nazorati uchun mas’ul bo‘lgan kalsitotsin gormonini ishlab chiqaradi.

Yod qalqonsimon bez gormonlarining bir qismidir. Agar tanada yod yetarli bo‘lmasa, gormonlar kamroq ishlab chiqariladi. Bu bezning kattalashishiga va endemik bo‘qoqning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu kasallik gipotireoz deb ataladi. Bu yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish tizimida muammolar va hatto bepushtlikka ham olib keladi.

Mavzuga doir:

  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligining 9 ta belgisi
  • Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
  • Qalqonsimon bez tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salomatlikdagi 6 muammo 
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.