Zudlik bilan dermatologga murojaat qilish zarurligini anglatuvchi simptomlar
Shubhali xollar, qizarib ketgan ko‘zlar va haddan tashqari ko‘p terlash — bularning barchasi imkon qadar tezroq shifokor bilan uchrashish uchun sababdir.
Foto: Getty ImagesDermatolog jiddiy kasalliklarning boshlanishini aniqlaydi, ularning ko‘pchiligi nafaqat teriga, balki muhimroq organlarga ham ta’sir qiladi. Lekin faqat bir shart bilan: vaqtida unga murojaat qilinsagina. Shunday qilib, quyidagi alomatlar mavjud bo‘lsa, iloji boricha tezroq dermatolog ko‘rigiga yozilish kerak.
Shubhali xollar
Rangi boshqacha, go‘yo terining yuzasidan bo‘rtib chiqqan xollar haqiqiy “qizil bayroq” bo‘lib, ular organizmni xavfdan ogohlantiradi. Bu kabi xollarning shakllanishini sezgan odam melanomani istisno qilish uchun imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilishi lozim.
Qizargan, qichishadigan ko‘z qovoqlari
Ko‘z qovoqlari atrofida qizarish va qichishish – bu konyunktivitning birinchi belgisi, eng keng tarqalgan ko‘z infeksiyasi. Ushbu alomat kuzatilganda, dermatolog bilan bog‘lanish kerakmi?Haqiqat shundaki, bakteriyalar ko‘z qovoqlarining nozik terisiga ta’sir qiladi va dermatolog esa vaqtida muolajani boshlashi mumkin.
Davolash uchun juda uzoq vaqt talab qilinadigan yaralar
Agar yara bir oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida tuzalmasa, albatta, dermatologga murojaat qilish kerak. Birinchidan, hech qanday chora ko‘rilmasa, to‘qimalar o‘lishi boshlanishi mumkin, ikkinchidan, bunday uzoq davom etadigan yaralar ba’zan teri saratoni belgisi hisoblanadi.
Teridagi har qanday o‘zgarishlar
Uzoq vaqt davomida kuzatilayotgan teridagi har qanday o‘zgarishlar dermatologga ko‘rsatilishi kerak: husnbuzar, dog‘lar, qorayish, boshqa holatlar – bularning barchasi jiddiy kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin.
Og‘izdagi yaralar
Og‘izda uzoq vaqt davomida ketmaydigan yoki qayta-qayta paydo bo‘ladigan yaralar ham imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish uchun sababdir. Bu ovqat hazm qilish trakti kasalliklari, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari yoki hatto saraton kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, ular shifokorga ko‘rsatishga arziydi.
Teri qurishi
Agar ko‘rilgan barcha choralarga qaramay, teri quruq va xira bo‘lib qolsa, dermatologga murojaat qilish kerak: bu ekzema yoki psoriaz kasalligi rivojlanishining birinchi alomati bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, haddan tashqari qurigan teri ichki organlarning ishlashida buzilishlarni ko‘rsatishi mumkin.
Terlash
Gormonal nomutanosiblik, qalqonsimon bez kasalliklari yoki hatto diabet kasalligi ham ortiqcha terlashga olib kelishi mumkin. Agar odatdagidan ko‘proq terlash kuzatilsa, kuchliroq antiperspirant sotib olishga shoshilmaslik kerak, balki avval shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.
Tirnoqlarning o‘zgarishi
Tirnoqlar mo‘rtligi, qichishi, rangi o‘zgarishi yoki sinishi — bularning barchasi dermatolog bilan uchrashish uchun yana bir sababdir. Tirnoqlar holatidagi bunday o‘zgarishlar vitamin yetishmasligi, jigar va buyraklardagi buzilishlar yoki psoriazning rivojlanishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Soch to‘kilishi
Odatda inson kuniga 80 tagacha soch tolasini yo‘qotadi, ammo agar ularning soni sezilarli darajada ko‘paysa, yangi shampun sotib olishdan avval darhol shifokor bilan uchrashish ma’qul.
Mavzuga doir:
- Soch oqarishining oldini olish mumkinmi?Samarali va sinalgan 10 ta layfxak
- Organizmga oqsil yetishmayotganligining 6 alomati
- Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot
- Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
Manba