Salomatlik Salomatlik “Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi

“Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi

O'qildi: 297


“Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi

Tanishlar orasida kam ovqat iste’mol qilsa-da, ortiqcha vazndan qutula olmayotgan insonlar haqida eshitish mumkin. Sababi endokrin tizimi muvozanati buzilgan bo‘lsa, gormonlar bilan bog‘liq muammo tufayli vaziyat shunday tus olishi mumkin. Endokrinolog va yoshartirish dasturi muallifi Yelena Syurakshina aynan ushbu masala bo‘yicha ma’lumot beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ortiqcha vazndagi bemorlar tez-tez endokrinolog huzuriga kelib, gormonlar bilan bog‘liq muammolarda davo topishga umid bog‘laydi. Sababi gormonlar muvozanati uchun buyurilgan tabletkalar tufayli barchasi o‘z iziga tushadi.

“Men ortiqcha narsa iste’mol qilmayman. Gormonlar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishim kerak”. Bu endokrinolog huzurida ko‘riladigan eng keng tarqalgan masala. Aksariyat hollarda esa bemorlaning ko‘ngliga qarash kerak. Haqiqatan ham vazn ortishiga hissa qo‘shadigan endokrin kasalliklar mavjud. Ammo ortiqcha vazn endokrin tizimidagi buzilishlar tufayli emas, balki turmush tarzi, ortiqcha kaloriya miqdori, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatning kamligi sababli paydo bo‘ladi. Aslida esa bu yaxshi, davolanishga hojat yo‘q degani. Buning uchun faqatgina ovqatlanish hamda jismoniy faollikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.

Qanday endokrin kasalliklar vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin?

  • gipotireoz – qalqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi;
  • polikistik tuxumdon sindromi;
  • giperandrogeniya – ayollarda erkak gormonining oshishi;
  • gipigonadizm – erkak va ayollarda jinsiy gormonlar darajasining pasayishi;
  • insulinoma – insulin ishlab chiqaradigan o‘sma;
  • ba’zi gormonlarning nojo‘ya ta’sirga olib keladigan genetik kasalliklar;
  • leptin yetishmovchiligi – bolalikdan og‘ir semirish bilan ajralib turadigan kamyob patologiya.
Agar to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinsa, jismoniy faollik ham yetarli bo‘lsa, ammo tana vazni ortishda davom etsa, bu vaziyat endokrinolog bilan bog‘lanishga arziydi. Ehtimol, quyidagi alomatlar kuzatilsa, edokrin tizimi ishida buzilishlar mavjud bo‘lishi mumkin.
  1. Emotsionallikning kuchayishi. Odatdagidan ko‘ra ko‘proq g‘azablanish, arzimagan narsa uchun ham yig‘lash.
  2. Teri qurishi. Avval aralash yoki normal bo‘lgan teri endilikda quruq bo‘lsa hamda namlantiruvchi vositalar ham vaziyatni o‘zgartira olmasa.
  3. Uyquning buzilishi. Uzoq vaqt uxlay olmaslik, tunlari tez-tez uyg‘onish, ertalab esa uyg‘onishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi.
  4. Libidoning pasayishi. Ayol kishi organizmidagi libidoga ko‘plab omillar ta’sir qiladi – stress, ovqatlanish, atrofdagi munosabatlar. Agar surunkali stress boshdan kechirilmasa, parhez tutmaslik kerak. Shuningdek, libidoga ta’sir qiluvchi dori-darmonlar qabul qilmasdan, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
  5. Tirnoqlar sinishi. Doimgidek parvarishdan keyin ham tirnoqlar mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qoladi.
  6. Soch to‘kilishi. Odatda kattalarning sochlari doimo yangilanadi. Shuning uchun sochlarni ma‘lum miqdorda to‘kilsihi tabiiy hisoblanadi. agar ularning miqdori ko‘pyasa, endokrin tizim ishi haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Ushbu alomatlar kilogramm ortishi bilan birga kuzatilganda, endokrin patologiyalardan birini ko‘rsatishi mumkin. Bu esa shifokor ko‘rigiga borish uchun muhim sabab hisoblanadi. Odatda endokrinolog dastlabki ko‘rigdayoq “endokrin” semirishni ozuqaviydan ajrata oladi va kerak bo‘lsa, davolash ishlarini boshlaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.