Salomatlik Salomatlik Yuzdagi o‘zgarishlardan aniqlash mumkin bo‘lgan 7 jiddiy kasallik

Yuzdagi o‘zgarishlardan aniqlash mumkin bo‘lgan 7 jiddiy kasallik

O'qildi: 372


Yuzdagi o‘zgarishlardan aniqlash mumkin bo‘lgan 7 jiddiy kasallik

Jiddiy kasalliklarning oldini olish uchun organizmda yuz beradigan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik, turli belgi va alomatlar kuzatiladigan bo‘lsa, mutaxassisga uchrashni ortga surtmaslik kerak.

Yurak xuruji

Foto: “Domashniy Ochag”

Ko‘z atrofida paydo bo‘ladigan sariq bo‘rtma va shishlar yurak xuruji va yurak qon-tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan xolesterin miqdori ko‘payganidan darak berishi mumkin. Befarq bo‘lmang va kardiolog qabuliga yoziling.

Insult

Foto: “Domashniy Ochag”

Yuzda yaqqol ko‘zga tashlanadigan assimetriya, uning bir qismi va mimikada o‘zgarish kuzatilishi zudlik bilan shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi. Mazkur belgi asab tizimi hatto infarktdan darak berayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Endokrin tizimi kasalliklari

Foto: “Domashniy Ochag”

Yuzda to‘satdan tuklarning ko‘payishi ayollardagi gormonal balans buzilganidan, aksariyat hollarda tuxumdonlar polikistozi sindromidan dalolat qilishi mumkin.

Qandli diabet

Foto: “Domashniy Ochag”

Yuzda to‘satdan paydo bo‘lgan, mayda to‘r shaklidagi ajinlar ushbu jiddiy kasallikka xos belgi bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ajinlarning kutilmaganda ko‘payib ketishi qalqonsimon bezning yetarlicha gormon ishlab chiqarilmasligi, ya’ni gipotireozdan ham darak berishi ehtimoli yo‘q emas.

Anemiya

Foto: “Domashniy Ochag”

Yuz rangining odatdagidan oqarib ketishi gemoglabin miqdorini tekshirtirib ko‘rish kerakligini bildiradi. Ushbu simptomning charchoq, holsizlik bilan kuzatilishi sizda anemiya ekanini bildiradi.

Apnoye

Foto: “Domashniy Ochag”

Apnoye kishi uyqu vaqtida 10 soniya va undan ortiq vaqt nafas olmay qo‘yishi bilan namoyon bo‘ladigan jiddiy kasallik. Unda kuchli xurrak otish, tongda charchoqni his qilish va bosh og‘rig‘idan tashqari, bo‘yin hamda iyaklar o‘lchamining o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.

Autoimmun kasalliklar

Foto: “Domashniy Ochag”

Yuzda qizil toshmalarning paydo bo‘lishi autoimmun kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Toshmalarning ko‘p va qichish bilan namoyon bo‘lishi, bu seliakiya(glyutinni ko‘tara olmaslik)kasalligi bilan aloqador bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Yanoqlarda paydo bo‘ladigan kapalak shaklini esga soladigan toshmalar esa volchanka  rivojlanayotganidan ogohlantiradi.

avzuga doir:

  • Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish mumkin?
  • To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
  • Pul sarflash shart emas: Salomatlikni sezilarli darajada yaxshilaydigan 9 odat


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.