Salomatlik Salomatlik Me’yordan ortiq suyuqlik ichayotganingizni bildiruvchi belgilar

Me’yordan ortiq suyuqlik ichayotganingizni bildiruvchi belgilar

O'qildi: 319


Me’yordan ortiq suyuqlik ichayotganingizni bildiruvchi belgilar

Kundalik turmushda ko‘proq suyuqlik ichish zarurligi to‘g‘risidagi doimiy eslatmalar hayotda mustahkam o‘rin egallagan. Ammo bu borada ham bir qancha istisno holatlar mavjud.

Foto: Harper’s Bazaar

Ilmiy nuqtayi nazardan qaralganda, ortiqcha suv giponatriemiya holatiga olib kelishi mumkin. Bu qonda natriy darajasining xavfli tarzda pasayishi bilan tavsiflanadi. Natriy tanada tashuvchilik vazifasini bajaradi va suvning tanada tarqalishini boshqaradi. Shuning uchun ham suv miqdorini kuzatib borish va alomatlarga beparvo bo‘lmaslik juda muhim.

Ko‘p peshob chiqarish ham birinchi navbatda suyuqlikning ortiqcha ekanligidan darak beradi. Mutaxassislar natriy miqdorining ozroq pasayishi aniq simptomlarni keltirib chiqarmaydi, balki vaqt o‘tishi bilan tanaga ta’sir qilishini ta’kidlaydi. Qorinda shish, ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, tartibsizlik va bosh og‘rig‘i – bularning barchasi suyuqlik miqdorining ortiqchaligidan dalolat beradi. Agar tana ortiqcha suvdan xalos bo‘lmasa, hujayralar shishishi natijasida bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sog‘lom odam uchun kuniga bir kilogramm vaznga 30 millilitr suv kerak. Vazni 60 kilogramm bo‘lgan odam kuniga, taxminan, 2 litr suv ichishi kerak. Kuniga ma’lum miqdorda stakan suv ichish suyuqlik muvozanatini boshqarishga va mukammal formulaga kelishga yordam beradi.

Shu bilan birga, suyuqlik tanaga nafaqat suvdan, balki boshqa mahsulotlardan ham kirishini unutmaslik kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, suyuqlikning 20 foizi oddiy suv emas. Yil fasllarining o‘zgarishi, ob-havo sharoiti, iqlim va hatto turmush tarzi ham suv darajasiga ta’sir qiladi. Uzoq muddatli mashqdan so‘ng suyuqlik yo‘qotilishini qoplash kerak, chunki suyuqlik vazn yo‘qotishda muhim rol o‘ynaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.