Salomatlik Salomatlik Epilepsiyaning barcha bilishi kerak bo‘lgan 9 ta belgisi

Epilepsiyaning barcha bilishi kerak bo‘lgan 9 ta belgisi

O'qildi: 341


Epilepsiyaning barcha bilishi kerak bo‘lgan 9 ta belgisi

Epilepsiya eng keng tarqalgan nevrologik kasalliklardan biridir. Kasallik xurujlarini oldindan taxmin qilishning iloji yo‘q. Aynan shuning uchun ham kasallik xavfli hisoblanadi. Kasallikning ilk hujumi to‘satdan paydo bo‘ladi. Ammo shifokorlarning ta’kidlashicha, epilepsiya paydo bo‘lishdan oldin uning moyilligini aniqlashga va profilaktika choralarini ko‘rishga yordam beradigan bir qancha belgilar mavjud. Epilepsiyaning dastlabki belgilarini bilish o‘z vaqtida shifokor bilan maslahatlashish va salomatlik uchun qayg‘urishga yordam beradi.

Foto: Pinterest

Ko‘ngil aynishi

Migrenga o‘xshash holatning takrorlanishi epilepsiya rivojlanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradigan eng jiddiy alomatlardan biridir. Ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, hissiy o‘zgarishlar, chalkashliklar kabi holatlar tanish bo‘lsa, nevropatolog bilan bog‘lanish zarur.

Mushaklar uchishi va tomir tortishishi

Tomir tortishishi yoki spazmga aylanishi mumkin bo‘lgan mushaklar harakati yana bir jiddiy alomatdir. Agar ushbu holat tez-tez yuz bersa, darhol shifokorga uchrashish tavsiya etiladi.

Barmoqlarda sanchiq yoki uvishish

Qo‘lni xuddi elektr toki urgandek hisning paydo bo‘lishi yoki uvishish, og‘riq va yonish kabi holatlarni boshdan kechirish kuzatiladi. Ayniqsa, ushbu holat tananing bir tarafida bo‘lsa, shifokor ko‘rigini ortga surmaslik kerak.

Hid o‘zgarishi

Ko‘pincha hujum arafasida epilepsiya bilan og‘rigan odamlar benzin yoki yonayotgan rezina hidiga o‘xshash kuchli hidlarni hidlaydi. Bundan tashqari, og‘izda metall ta’mi yoki boshqa yoqimsiz ta’mlar bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi asab tizimi yuqori darajada ortiqcha yuklarni boshdan kechirayotganidan darak va hujum boshlanishi ehtimoli mavjud.

Qo‘rquv va xavotir hissi

Kasallik xuruji yaqinlashib kelayotganda bemorni qo‘rquv, xavotir va o‘lim dahshati o‘rab oladi. Aynan ushbu tuyg‘ular xurujdan oldin paydo bo‘ladi va imkon qadar tezroq choralarni ko‘rish kerak.

Nafas olish yoki yurak urishning o‘zgarishi

Og‘ir, tez nafas olish, taxikardiya – kasallik xurujining ajralmas qismidir. Bu xuddi vahimaga tushishga ham o‘xshaydi. Bemor nafas olishga qiynaladi, yuragi xuddi yugurgan insonnikidek uradi. Yana bir muhim belgi, bemor o‘zini tashqaridan kuzatayotgandek tuyiladi. Shu kabi tuyg‘ular sezila boshlasa, tezroq harakat qilish kerak.

Beixtiyor peshob chiqarish

Beixtiyor peshob qilish ko‘pincha tunda, epilepsiya rivojlanishining belgisi bo‘lib, uni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bunday hodisalarni bemor tush deb o‘ylaydi va bu kasallikka uchraganining belgisi bo‘lishi mumkin.

Tilni tishlash

Agar erta tongda bemorning tili tishlangan holda bo‘lsa, uni zudlik bilan shifokorga ko‘rsatish lozim. Ehtimol, kasallikning qayta xuruj qilishi avvalgisidan kuchliroq bo‘lishi mumkin.

Ko‘rish qobiliyatining pasayishi

Charchoq, stress, ba’zi dori vositalarini qabul qilish – bularning barchasi ko‘rishdagi o‘zgarishlarni, ko‘zning xiralashuvi, tasvirlarning noaniqligini keltirib chiqaradi. Bu ham yaqinlashib kelayotgan xurujning odatiy belgisidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.