Salomatlik Salomatlik Sog‘liq uchun zararli: Shifokorlarning aslida ish bermaydigan maslahatlari

Sog‘liq uchun zararli: Shifokorlarning aslida ish bermaydigan maslahatlari

O'qildi: 391


Sog‘liq uchun zararli: Shifokorlarning aslida ish bermaydigan maslahatlari

Salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida bir necha isbotlanmagan tavsiyalar haqida eshitganmisiz?Buning o‘rniga qabul qilinishi kerak bo‘lgan maslahatlar bormi? “Birinchi liniya” kurortining shifokorlar jamoasi quyidagi tavsiyalarning qay biri to‘g‘ri ekani haqida ma’lumot beradi.

Foto: Marie Claire

Ovqatlanish bo‘yicha noto‘g‘ri maslahatlar:

  • “Mevalarni ovqatdan oldin iste’mol qilish kerak”
  • “Tuxum qondagi xolesterin darajasini oshiradi”
  • “Kechasi uglevodlarni iste’mol qilish kilogramm ortishiga olib keladi”
  • “Mevalarni ovqatdan keyin yeyish kerak”
  • "“Pishloq xotira uchun zararli”
  • “Kokos moyi zaytun moyidan ko‘ra foydali”
  • “Meva va sabzavotlar semirtirmaydi”
  • “Oddiy kartoshka shirin kartoshkadan ko‘ra to‘yimliroq”
  • “Ishqorli diyeta qonning kislotaliligini muvozanatlashtiradi”
  • “Ko‘p protein iste’mol qilish mushaklarning tezroq shakllanishiga yordam beradi”
  • “Homilador ayol ikki kishi uchun yeyishi kerak”
  • “Barcha oziq-ovqat qo‘shimchalari(E)zararli” va boshqalar.
Ko‘pincha biz turli xil cheklovlarga duch kelamiz, bu esa muvozanatli va xilma-xil ovqatlanishning yetishmasligi tufayli ko‘plab kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

“Tarkibida laktoza bo‘lmagan oziq-ovqatlar foydali, shuning uchun ularni hamma iste’mol qilishi kerak”, ayniqsa hamma yeri og‘riydigan va qorni dam bo‘ladigan, meteorizm va diareyaga chalingan bemorlarga diyetani cheklashning mashhur mavzusi — “Soya suti sigir sutidan foydaliroq”.

Haqiqatan ham asosiy yoki ikkilamchi yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan laktozani parchalaydigan ferment, odatda oshqozon-ichak belgilari bilan tavsiflanadi.

Laktoza yetishmasligi, shuningdek, iste’mol qilinadigan sut mahsulotlari miqdori, ichak mikrobiomasining holati, oshqozon-ichak traktining harakatchanligi, ingichka ichakdagi bakteriyalarning ko‘payishi va hazm qilish jarayonida oshqozon-ichak traktining gaz va boshqa fermentatsiya mahsulotlariga sezgirligiga bog‘liq.

Foto: Marie Claire

Biroq sut mahsulotlarini cheklashdan avval gastroenterologga murojaat qilish va yuqoridagi barcha holatlarga tashxis qo‘yish kerak. Eng maqbul parhez ovqatlanish bosqichlari, davomiyligi va sifati haqida diyetolog tomonidan qo‘yilgan tashxis bilan belgilanadi.

Shuni yodda tutish kerakki, sut mahsulotlari ko‘p odamlar uchun kalsiyning asosiy manbai hisoblanadi. Ammo ratsionida sut mahsulotlari miqdorini cheklaydigan odamlar, ayniqsa, osteoporoz bilan og‘riganlar boshqa oziq-ovqat yoki qo‘shimchalar yordamida kalsiy iste’molini oshirishi kerak.

Bundan tashqari, bunday parhez ichak mikrobiomasiga ham ta’sir qiladi, oshqozon-ichak trakti mikrobiota va probiotik bifidobakteriyalar konsentratsiyasini kamaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, diyetadan ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib tashlash muhim makro va mikroelementlarning yetishmasligiga olib kelishi mumkinligiga e’tibor qaratish lozim. Insonning kunlik ratsionida 40 foiz sabzavot, donli non, bug‘doyli makaron, don, yorma, meva va rezavorlar tarkibida murakkab uglevodlar bo‘lishi kerak.

Bunday oziq-ovqat mahsulotlarida o‘zini asossiz cheklash, odam mikroelementlar, bioflavonoidlar va antioksidantlarning yetishmasligi xavfini tug‘diradi.

Foto: Marie Claire

Suv rejimi bo‘yicha noto‘g‘ri tavsiyalar:

  • “Ovqatlanayotganda suv ichish vazn ortishiga olib keladi”
  • “Och qoringa bir stakan limonli suv ichish ozishga yordam beradi”
  • “Sovuq suv ichish mumkin emas”
Suv hujayra, to‘qima va organlarning asosiy tarkibiy qismi, shuningdek, eng muhim ozuqa hisoblanadi. Suv barcha organlarning normal ishlashi uchun juda muhimdir. Turli organlarda suv miqdori har xil: qonda 83,0 foiz, miyada 74,8 foiz, skelet mushaklarida — 22,0 foiz . Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, suvsizlanish aqliy funksiyaga salbiy ta’sir qiladi.

Suvni yetarli darajada ichish bo‘yicha ko‘plab mamlakatlarda barcha yoshdagilar uchun tavsiyalar berilgan. JSST erkaklar va ayollar uchun mos ravishda 2,9 litr va 2,2 litr suv iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi(EFSA)kuniga erkaklar uchun 2,5 litr va ayollar uchun 2,0 litr suv ichishni maslahat beradi.

Mavzuga doir:

  • Issiq havoda qancha suv ichish kerak?Shifokor javob beradi
  • Nima uchun tomoq achishadi?Ushbu yoqimsiz alomatdan qanday qutulish mumkin?
  • Tiqilib qoldingizmi?O‘zingizga yordam berishingiz uchun qo‘llanma


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.