Salomatlik Salomatlik Charchoq, gastrit, shamollash: organizmda vitamin yetishmovchiligan darak beruvchi 6 ta belgi

Charchoq, gastrit, shamollash: organizmda vitamin yetishmovchiligan darak beruvchi 6 ta belgi

O'qildi: 249


Charchoq, gastrit, shamollash: organizmda vitamin yetishmovchiligan darak beruvchi 6 ta belgi

Avitaminoz – bu atrof-muhitning noqulay omillari ta’sirida organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin va ozuqaviy moddalardan mahrum bo‘lgan uzoq muddatli monoton va muvozanatsiz ovqatlanish natijasida rivojlanadigan kasallik. Agar ayrim mahsulotlardan voz kechilsa, tanada A, D va E vitaminlari yetishmay qoladi. Shuningdek, ratsionda yetarlicha meva va sabzavotlar bo‘lmasa, C va B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi kuzatiladi.

Foto: “Sport24”

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tanada kamdan kam hollarda bitta vitamin yetishmaydi. Odatda bir vaqtning o‘zida bir necha vitaminlar yetishmasa, uning alomatlari ko‘zga ko‘rina boshlaydi.

Charchoq

Vitamin yetishmovchiligi ochiq va yashirin shaklda bo‘lishi mumkin. Ularning eng ko‘p uchraydiganlari uyquchanlik, diqqatni jamlay olmaslik, befarqlik, asabiylashish va tushkun kayfiyat bilan namoyon bo‘ladigan surunkali charchoqdir. Uyquning buzilishi ham ko‘pincha ular bilan birga kuzatiladi. Yozda, kunduzi hamda quyoshli ob-havoda alomatlardan ogoh bo‘lish kerak. Shuningdek, shoshilinch ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Teri bilan bog‘liq muammolar

Vitamin yetishmasligining ikkinchi alomati – bu turli xil teri toshmalari va undagi o‘zgarishlar. Bunday vaqtda yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin, bu esa A, C va E vitaminlari yetishmasligidan darak beradi. Bundan tashqari, lab burchaklarida yoqimsiz yoriqlar paydo bo‘lishi, qo‘l terisining ko‘chishi va ko‘z ostida qora xaltachalar paydo bo‘ladi. Avitaminoz soch tirnoqqa ham tezlik bilan ta’sir qiladi – bu tana salomatligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri. Vitamin yetishmovchiligida tirnoqlar ko‘rinishi o‘zgaradi, sinadi. Sochlar esa siyraklashib, to‘kila boshlaydi.

Gastrit

Quyoshli kunlarda gastritning kuchayishi, ich qotishi va ovqat hazm qilish tizimining buzilishi tanada riboflavin yoki B2 vitamini yetishmasligining aniq belgisidir. Ushbu vitamin qizil qon tanachalarini shakllantirish, antitanachalarni ishlab chiqarish, o‘sish va reproduktiv funksiyalarni tartibga solish uchun juda muhimdir. Soch o‘sishini ta’minlaydigan qalqonsimon bez salomatlik va tananing umumiy holati uchun javobgardir. O‘z vaqtida ratsionga karam, pomidor, jo‘xori uni, baliq, o‘rik va tuxum qo‘shib, riboflavin yetishmovchiligini to‘ldirish mumkin.

Shamollash

Tez-tez tomoq og‘rishi hamda aksirish ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin. Quyoshli kunlarda allergiyaning aksariyati yo‘q bo‘ladi. Ammo burun va tomoq og‘rig‘ining kuzatilishi vitamin yetishmovchiligining belgisi hisoblanadi.

Milklarning qonashi

Vitamin yetishmovchiligining yana bir alomati – bu tishlarni yuvayotganda milklarning qonashidir. Qoida tariqasida bu tanada C vitamin yetishmasligini va sitrus mevalardan ko‘proq iste’mol qilish kerakligini bildiradi.

Mushaklarning zaifligi

Uyqusizlik, barmoq uchlarida qon aylanmaslik, tomir tortishishi bilan birga mushaklarning kuchsizlanishi ham tanada vitamin yetishmasligining ko‘rsatishi mumkin. Ushbu alomatlardan so‘ng tibbiy testlar topshirish, shifokor bilan maslahatlashgan holda turli xil vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.