Ayollarda aniqlash qiyin bo‘lgan yurak xurujining 6 ta belgisi
Yurak xuruji ayollar uchun erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq xavflidir, chunki ayollar keyinchalik ham yordamga muhtojlik sezadi. Shuningdek, ayollarda yuz beradigan yurak xuruji erkaklarnikidan biroz farqli hamdir. Odatda yurak xurujining belgisi ko‘krak qafasdagi og‘riqning qo‘l va belga tarqalishi bilan belgilanadi. Ammo ayrim “zararsiz” alomatlar ham ayollarni yurak xurujidan ogohlantiradi.
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘krak qafasida og‘riq yoki sanchish
Foto: “Domashniy ochag”Bu yurak xurujining eng keng tarqalgan alomati bo‘lib, u erkak va ayolda turlicha namoyon bo‘lishi bo‘lishini unutmaslik kerak. Ayollar ko‘krakni sanchishi yoki ichkaridan kengayishini sezishi mumkin. Shuningdek, og‘riq aynan chap tomonda bo‘lishi shart emas, u ko‘krak qafasning istalgan joyida kuzatilishi mumkin.
Qo‘l, bel, bo‘yin yoki jag‘ og‘rig‘i
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu alomatlar ayollar orasida ancha keng tarqalgan. Og‘riq asta-sekin boshlanishi yoki to‘satdan paydo bo‘lishi va pasayib, yana kuchli takrorlanishi mumkin. Aynan joyidan qat’i nazar kutilmagan og‘riq yuz bersa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Qorin sohasida og‘riq
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘pincha odamlar yurak xurujidan ogohlantiruvchi oshqozon bilan bog‘liq og‘riqlarni gastrit yoki oshqozon yarasi deb xato qiladi. Yana bir noaniq alomatlardan biri shuki, oshqozonda katta va og‘ir bosim hissi paydo bo‘ladi. Albatta, bu alomat shifokor bilan maslahatlashish uchun yetarli sabab hisoblanadi.
Nafas qisilishi va ko‘ngil aynishi
Foto: “Domashniy ochag”To‘satdan hech qanday sababsiz nafas olishda qiyinchilik paydo bo‘lsa, albatta, kardiologga murojaat qilish zarur. Ayniqsa, nafas qisilishi yuqoridagi alomatlar bilan birga kechsa. Bir necha kun davomida o‘tib ketmayotgan ko‘ngil aynishi ham yurak xurujining alomati bo‘lishi mumkin.
Terlashning ko‘payishi
Foto: “Domashniy ochag”Sovuq hamda ko‘p terlash ham yurak xurujidan ogohlantiruv bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu jismoniy mashg‘ulotlarnikidan farq qilsa. Stress yoki hech qanday sababsiz ham ko‘p terlash yurak xurujining navbatdagi sezilarsiz belgisi bo‘lishi mumkin.
Charchoq
Foto: “Domashniy ochag”Yurak xurujini boshdan kechirgan ko‘plab ayollar dastlab hech qanday sababsiz qattiq charchagan. Bundan tashqari, bemorda harakat va tinch holatida ham charchoq paydo bo‘ladi. Shuning uchun har qanday bemor kuchli charchoqning aniq sababini topa olmasa, shifokor bilan maslahatlashishi zarur.
Manba