Bahorgi allergiya simptomlarini yengillashtiradigan tavsiyalar
Mavsumiy allergiyasi bor insonlarda salomatlik bilan bog‘liq turli muammolar kuzatilishi mumkin. Ayrim odatlarga o‘zgartirish kiritish orqali esa ushbu kasallikka xos simptomlarni kamaytirsa bo‘ladi.
Foto: FreepikKonditsioner filtrini tozalang
Qishdan bahorga o‘tish arafasida konditsioner filtrini tozalang yoki boshqa filtr o‘rnating. Qancha ko‘p kirlanadigan bo‘lsa, u orqali changlar xona ichiga shuncha ko‘p tarqaydi. Bu esa allergiya simptomlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing
Shifokorlar quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakni yil davomida taqish kerakligini ma’lum qiladi. Kuz va qishda ultrabinafsha nurlari, ayniqsa, ko‘zlar uchun xavfli bo‘ladi hamda melanomaga olib kelishi mumkin. Mavsumiy allergiyadan aziyat chekadiganlarda ushbu xavf yuqori bo‘ladi. Changlar ko‘zga tushib, ko‘z qizarishi, qichishi va boshqa simptomlar kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham ko‘chaga chiqishdan avval ko‘zoynak taqishni, uyga qaytganida esa uning oynalarini artib turishni unutmang.
Muolajani mavsumdan avval boshlang
Shifokorlar allergiyaga qarshi dori vositalarini kasallik qo‘zg‘aydigan mavsumdan avvalroq qabul qilish kerakligini ta’kidlaydi. Qancha avval boshlansa, kasallik shuncha yengil o‘tadi.
Uyni yaxshilab tozalang
Uyni yaxshilab tozalash ham asosiy profilaktik jarayonlardan biri sanaladi. Gap shundaki, aksariyat hollarda issiq, nam yerlarda paydo bo‘ladigan zamburug‘ va mog‘or eng kuchli allergen hisoblanib, reaksiyani tezlashtirib yuborishi mumkin.
Kosmetik vositalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish
Kipriklar uchun tush, sochlar uchun balzam va yog‘lar yoki qo‘l bilan ishlatiladigan boshqa kosmetik vositalar ham allergik simptomlarni jadallashtirishi mumkin. Shu sabab ham ko‘chadan qaytgach kosmetik vositalarni yuvib tashlash tavsiya qilinadi.
Manba