Har kuni shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Shirinliklar sog‘liq uchun zararli ekanligini har birimiz bolalikdan bilamiz. Shakarni ortiqcha iste’mol qilish nafaqat jismoniy, balki bir qancha psixologik kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. Ammo biz bularning barchasini faqat nazariy jihatdan bilamiz. Hech qanday cheklovlarsiz shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida eshitganmisiz?
Semirib ketish xavfi
Foto: Getty ImagesShirinliklar tarkibida juda ko‘p kaloriya mavjud. Aslida, tavsiya qilingan o‘rtacha me’yor 2000 kilokaloriya, masalan, chizkeykdagi bu miqdor kunlik qiymatning 41 foizini tashkil qiladi. Kuniga yana bir necha marta ovqatlanishni hisobga olsak, albatta, bu me’yordan ko‘proq kaloriya iste’mol qilasiz. Bu esa vaqt o‘tishi bilan vazn ortishiga olib keladi.
Mavzuga doir: “Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi
Manba