Salomatlik Salomatlik Saraton kasalligi haqida umid baxsh etuvchi 6 ilmiy fakt

Saraton kasalligi haqida umid baxsh etuvchi 6 ilmiy fakt

O'qildi: 321


Saraton kasalligi haqida umid baxsh etuvchi 6 ilmiy fakt

Saraton, ehtimol, eng qo‘rqinchli kasalliklardan biridir. Ammo bu dahshatli kasallikka chalinganlarga haqiqatan ham dalda beruvchi yaxshi yangiliklar bor. Barchaga umid baxsh etadigan bir qancha ilmiy faktlar bilan tanishing.

Foto: Shutterstock

Saraton tufayli o‘lim holati 30 yil ichida 23 foizga kamaydi

Dunyoda saraton kasalligi tufayli o‘lim holatlarining eng yuqori ko‘rsatkichi 1991-yilda qayd etilgan: 10 ming kishidan 215 nafari vafot etgan. O‘shandan beri ushbu ko‘rsatkich barqaror ravishda pasayib bormoqda(garchi biz xohlagan darajada tez bo‘lmasa ham)va 2012-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich deyarli chorak qismga – 23 foizga kamaydi.

Taxminan, 30 foiz hollarda saraton kasalligining oldini olish mumkin

Afsuski, kasallikdan 100 foiz himoyalanib bo‘lmaydi, ammo turmush tarzini o‘zgartirish orqali saraton kasalligiga hech qachon chalinmaslik ehtimolini 30 foizga oshirish mumkin. Sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar, chekish yoki spirtli ichimliklarni cheklash, terini ultrabinafsha nurlardan himoya qilish — bularning barchasi kasallikning rivojlanish xavfini deyarli uchdan bir qismga kamaytiradi.

Bolalarning saratondan vafot etishi har yili 2 foizga kamaymoqda

2003-yildan 2012-yilgacha 0 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida saraton o‘limi har yili 2 foizga kamaymoqda. Shuningdek, kattalarda bu ko‘rsatkich har yili erkaklar uchun 1,8 foizga, ayollar uchun 1,4 foizga kamayishda davom etmoqda.

Kasallikka chalinganlarning umr ko‘rish darajasi 6 yil ichida 69 foizga oshdi

Yashab qolish ehtimoli — bu bemorning tashxis qo‘yilgandan keyin kamida 5 yil yashashi ehtimolini ko‘rsatadigan juda muhim prognoz. 2005-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan olti yil davomida saratonning barcha turlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 69 foizga o‘sdi.

Ko‘krak bezi saratonining dastlabki bosqichida sog‘ayish ehtimoli 100 foziga teng

Agar ko‘krak bezi saratoni erta aniqlansa, bemor deyarli 100 foiz sog‘ayib ketishi ehtimoli bor. Buning uchun esa muntazam ravishda mammolog tekshiruvidan o‘tish, o‘z-o‘zini diagnostika qilish va 50 yoshdan keyin kamida ikki yilda bir marta mamografiya qilish juda muhimdir.

Saraton kasalligiga chalingan bolalarning tuzalish ehtimoli 80 foizdan yuqori

So‘nggi 50 yil ichida saraton kasalligiga chalingan bolalarning hayot darajasi to‘rtdan birga oshib, 83 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, leykemiya bilan og‘rigan bolalarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori — 85 foizga teng.

Mavzuga doir: 

  • Germaniyada miya saratoniga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazildi
  • Shifokor-onkologlar butunlay voz kechishni tavsiya etadigan 7 mahsulot
  • Ichak saratonining oldini oluvchi kundalik odatlar
  • Antiseptiklarda saraton keltirib chiqaruvchi modda aniqlandi
  • Shifokorlar oshqozon saratoniga olib keladigan mahsulot nomini ma’lum qildi
  • Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.