Qon bosimini tushirishga yordam beruvchi mahsulotlar
Qon bosimining ko‘tarilishiga biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lgan natriy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa bir mineral — kaliy esa uni zararsizlantirishga yordam beradi. Surunkali yuqori qon bosimi borlarga iloji boricha ko‘proq kaliyga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi: guruch, banan, kartoshka, dukkakli o‘simliklar va dengiz o‘tlari.
Foto: Getty ImagesQon bosimini normallashtirishning yana bir muhim elementi — magniy. U qon tomirlarining kengayishiga yordam berib, ularning devorlarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, organizmda magniy yetishmasligi kaliyning “yuvilib ketishiga” olib keladi, ya’ni qon bosimi ko‘tarilishi xavfi ikki baravar ortadi.
Eng muhimi, qon bosimi baland yuradiganlar tuz iste’molini kamaytirishi lozim. Iloji boricha sho‘r taomlardan saqlanish kerak. Shu sababdan ham mutaxassislar ularga qayta ishlangan ovqatlar va yarimtayyor mahsulotlardan voz kechishni maslahat beradi — bunday mahsulotlardagi natriy miqdori boshqalarga qaraganda o‘rtacha 15 baravarga yuqori bo‘ladi.
Foto: Getty ImagesQuyida qon bosimini tushirishda samarali bo‘lgan 8 foydali mahsulot haqida ma’lumot beramiz:- Tvorog — kalsiy, kaliy va magniyga boy mahsulot. Ular yurak mushaklarini kuchaytiradi, qon tomirlarini kengaytirib, qonni tozalashga yordam beradi.
- Qovoq urug‘lari — sink moddasining manbayi. Ushbu muhim element nafaqat yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, balki immunitet tizimini mustahkamlaydi va teri holatini yaxshilaydi.
- Qizil bulg‘or qalampirida rekord darajada C vitamini mavjud bo‘lib, u gipertoniya kasalligining oldini olishga yordam beradi.
- Kakao o‘simligi flavonoidlarga boy. U qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi.
- Losos balig‘i — omega-3 yog‘ kislotalarining koni. Mazkur modda qon bosimini pasaytiradi, “yomon” xolesterinni kamaytiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
- Suli qon bosimini tartibga solish uchun zarur bo‘lgan selen manbayi hisoblanadi. Suli yormasi, shuningdek, kletchatka va uglevodlarga boy, shuning uchun ham ushbu mahsulot qondagi qand miqdorining keskin o‘zgarishiga olib kelmaydi.
- Bodom qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi. Uning tarkibida LPVP(“yaxshi” xolesterin), oqsil, kletchatka, kaliy, magniy va E vitamini mavjud.
- Ko‘k choy qahvadan farqli ravishda nafaqat qon bosimini pasaytiradi, balki qon tomirlarini tozalab, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Mavzuga doir:
- Tuz ta’sirida rivojlanishi mumkin bo‘lgan 4 ta jiddiy kasallik
- Qon bosimi nima?U haqda bilish kerak bo‘lgan asosiy faktlar
- Gipertoniya kasalligining uch asosiy alomati va uni yengishga yordam beradigan 3 tavsiya
- Dorilarsiz qon bosimini tushirish bo‘yicha kardiologdan 8 tavsiya
- Zabonsiz qotil: Nima uchun 30 yoshda ham qon bosimini nazorat qilish kerak?
Manba