Salomatlik Salomatlik Choy va apelsin mumkin emas: qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?

Choy va apelsin mumkin emas: qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?

O'qildi: 268


Choy va apelsin mumkin emas: qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?

Shamollash, gripp yoki koronavirus – ushbu kasalliklar o‘z-o‘zidan butun tana uchun jiddiy yukdir. Gohida kasallikdan tezroq tuzalishga yordam bermaydigan ba’zi odatlar bor, ularni iloji boricha tezroq tark etish lozim.

Foto: “Domashniy ochag”

Uxlashga kech yotish

Bemor qancha yaxshi uxlasa, tana virus bilan kurashish uchun ko‘p kuch sarflaydi va tezroq tiklanadi. Uyqu shamollash va grippga qarshi eng yaxshi dori ham hisoblanadi. Kasallikka chalingandan keyin ham tiniqib uxlamaslik uni bartaraf etishni kechiktiradi.

Dush qabul qilish

Agar tana harorati 38 darajadan oshsa, suv bilan bog‘liq jarayonlarni o‘tkazmaslik yaxshiroqdir. Hammom yoki dush isitmani kuchaytirishi yoki ahvolni yomonlashtirishi mumkin. Shuningdek, uni sovuq suv bilan tushirish ham mumkin emas.

Kasallikni oyoqda o‘tkazmaslik

Har qanday bemor uchun eng yomon odat – kasallik vaqtida normal hayot kechirishga urinishdir. Tana esa shamollash va gripp alomatlarini yengillashtiradigan dorilar bilan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanadi, xolos. Birinchidan, yurak zo‘riqishi tufayli jiddiy kasallik asoratlari kelib chiqadi. Ikkinchidan, haroratni doimiy ravishda tushirish u bilan organizmning kurashishiga to‘sqinlik qiladi. Uchinchidan, atrofdagi sog‘lom odamlar uchun ham xavfli manbaga aylanib qolish mumkin. Nafas olish yo‘llari kasalliklarini qo‘zg‘atadigan viruslar hayratlanarli darajada o‘zgaruvchan va hatto tezkor aloqada ham yuqadi. Shuning uchun ham koronavirus alomatlari aniqlanganda amalga oshirish kerak bo‘lgan narsa – bu uyda qolish va tuzalgunga qadar dam olishdir.

Apelsin iste’mol qilish

Agar kasallik yo‘tal yoki tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan bo‘lsa, apelsin, mandarin yoki ulardan tayyorlangan sharbatlarni iste’mol qilishdan bosh tortgan ma’qul. Sababi ushbu mevalar tarkibida kislota ko‘p bo‘lib, ular tomoqning og‘rigan shilliq qavatiga zarar yetkazishi va tiklanishiga xalaqit berishi mumkin.

Shakarli choy va qahva ichish

Bunday vaqtda shirin ichimliklarni parhezdan butunlay chiqarib tashlagan ma’qul. Ular yurak qon-tomir tizimining sog‘lig‘iga putur yetkazadi. Metabolizmga salbiy ta’sir o‘tkazadi, hattoki saraton xavfini ham oshiradi. Kofein tanani suvsizlantiradi, shakar immunitetni tushiradi. Natijada tana kasallik bilan kurashishga qarshi kuch topa olmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.