Salomatlik Salomatlik Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom

Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom

O'qildi: 359


Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom

Miya faoliyati, mushaklar, asab tizimi uchun muhim hisoblangan kaliyning yetishmasligi salomatlikda turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Yandeks Dzen

Surunkali charchoq va holsizlik

Kun davomida surunkali charchoq va lohaslikning kuzatilishi kaliy tanqisligidan darak beradi. Gap shundaki, ushbu mineral mushaklar qisqarishi va miya faoliyati uchun muhim sanaladi. Uning yetishmasligi nafaqat miya, balki butun tananing sustlashishiga olib keladi.

Foto: Yandeks Dzen

Tomir tortishishi

Mushaklar spazmi, ya’ni nazorat qilib bo‘lmaydigan qisqarish aksariyat hollarda, organizmdagi murakkab kimyoviy almashinuvlarda ishtirok etadigan kaliy yetishmasligi sabab kuzatiladi.

Foto: Yandeks Dzen

Hazm jarayonida muammo

Kaliy yetishmasligi, shuningdek, hazm jarayonida ham muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mushaklardan tashkil topgani sabab mazkur mineral yetishmaganda oshqozonda ham buzilish kuzatilishi, bu muammo ko‘ngil aynishi, ovqat hazm bo‘lmasligi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Yurak urishining tezlashishi

Aksariyat hollarda yurak stress xavotir, qo‘rquv yoki xursandchilik sabab tez urishi mumkin. Ammo emotsional tinchlik vaqtida ham besabab shu holat kuzatilsa, bunga organizmdagi kaliy tanqisligi sabab bo‘lishi mumkin.

Mushaklarda og‘riq

Qon aylanish jarayonida muhim rol o‘ynagani sabab ham kaliyning yetishmasligi mushaklarga ta’sir ko‘rsatadi, oqibatda og‘riq kuzatilishi mumkin.

Qo‘l-oyoqlarning uvishib qolishi

Asab tizimi funksiyasi uchun muhim bo‘lgan kaliyning tanqisligi qo‘l va oyoqlarning uvishishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kaliyning me’yordan kam ekani nervlar bilan bog‘liq signallarni susayishiga olib keladi.

Nafas olishning qiyinlashishi

Qon o‘pkalarga yetarli miqdorda kirmagani sabab ham kaliyning o‘tkir yetishmasligi nafas olishning qiyinlashishiga olib keladi. Kaliy miqdori kamayganda o‘pkalar odatdagi singari kengaya va qisqara olmaydi.

Kayfiyatning keskin o‘zgarishi

Miya faoliyatida muhim rol o‘ynagani sabab ham kaliy yetishmasligi emotsional holatda o‘z aksini topadi. Kayfiyatning to‘satdan, besabab o‘zgarishi sizga ushbu mineral yetishmayotganidan darak berishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.