Doimiy ravishda nimanidir yo‘qotib yuradiganlar uchun qo‘l keladigan layfxaklar
O'qildi: 329
Ushbu oddiy tavsiyalar yo‘qotadigan narsalaringiz sonini 95 foizdan 5 foizgacha kamaytirishga, shu bilan birga asabingizni, vaqtingizni va kuchingizni tejashga yordam beradi.
Foto: Getty Images- Aslida har bir buyumning o‘z joyi bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘zoynak, quvvatlantirgich, naushnik va har qanday boshqa narsalarni kerakli paytda topa olmaysiz. Bunday holatlarda kvartirangizda, sumkangizda, ish joyingizda sizning najotkoringiz faqat sarishtalikdir.
- Maktab davridagi layfxak: kechqurun sumkangizni tayyorlab qo‘ying. Ertalab shoshilinch va shovqin-suronda biron narsani unutish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
- O‘zingiz bilan olib ketishingiz kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tuzing. Uydan, ishdan yoki sayohatga chiqishdan oldin yaxshilab tekshirib ko‘ring. Bunday hollarda stikerga yozib, uni ko‘rinadigan joyga yopishtirishingiz yoki maxsus dasturdan foydalanishingiz mumkin(PackPoint, PackKing va boshqalar).
- Bu paradoks kabi ko‘rinishi mumkin, lekin sinab ko‘ring!Bir hafta ichida eng ko‘p yo‘qolgan narsalarni kutilmagan joylarga qo‘ying. Masalan, kalitlarni muzlatkichga yoki karavot ostiga. Ammo muhim sharti bor: 2 soniya davomida qimirlamang va shu joyni miyangizda saqlang. Bunday noqulay joylar(albatta, faqat sizning uyingizda)sizning e’tiboringizni va xotirangizni tezda o‘rgatishga yordam beradi. Shundan keyin buyumni qayerga qo‘yganingizni avtomatik ravishda sezasiz va uni qidirishingizga hojat qolmaydi.
- Barcha bank va chegirma kartalarini mobil ilovadan(Stocard, PINbonus, GetCard va boshqalar)foydalanib, telefoningizga o‘tkazib oling. Endi kartangizni kassada unutib qo‘ymaysiz, shu bilan birga hamyoningizni keraksiz plastiklardan qutqarasiz.
- Agar miyangiz tugallanmagan ishlar, o‘ylantiradigan fikrlar va kelgusi vazifalar bilan to‘la bo‘lsa, telefon va kalitlarni qayerda qoldirganingizni unutishingiz ajablanarli hol emas. Miyangizga haddan tashqari ortiqcha ma’lumot yuklangan. Yengillashtirish uchun A4 formatidagi varaqqa miyangizdagi barcha narsalarni yozib qo‘ying(bir nechta varaqlar kerak bo‘lishi mumkin): 3 yil oldin berilgan va’dadan tortib, do‘stingiz kecha maslahat bergan filmgacha. Ushbu ma’lumotlarni guruhlarga bo‘ling: ish vazifalari, uy yumushlari, oila, o‘z-o‘zini rivojlantirish, va’dalar/qarzlar, uchrashuvlar, xaridlar. Shundan so‘ng vazifalar aniqlashib, e’tiboringiz yaxshilanadi.
- Psixologiyada “maqsad gipnozi” tushunchasi mavjud. Biz biror-bir muhim vazifaga e’tibor qaratganimizda atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni sezmaymiz. Masalan, birinchi marta rulga o‘tirganingizda hamyoningiz esingizga kelarmidi!Bunday hollarda ishga kirishishdan avval hammasi joyida ekanini, muhim narsani unutmaganingizni tekshiring.
- Yetarlicha uxlang!Esdan chiqarish uyqusizlik va ortiqcha ish natijasida yuzaga kelishi ilmiy isbotlangan. Bir necha soat tiniqib uxlash sizni boshqa noxush hodisalardan xalos qiladi.
Mavzuga doir:
- Ekspertlar gazli ichimliklarning miyaga salbiy ta’siridan yana bir bor ogohlantirdi
- Miyaning tezroq qarishiga sabab bo‘luvchi 6 odat
- Kutilmagan tarzda ruhiyatga ta’sir qiladigan mahsulotlar
- Olimlar shakar bolalar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi
- Xotirada muammo, qo‘l qaltirashi va tashvishlanishga hojat bo‘lmagan boshqa simptomlar
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.