Salomatlik Salomatlik Qon bosimi biroz yuqori bo‘lsa-da, shifokorga murojaat qilishning 5 sababi

Qon bosimi biroz yuqori bo‘lsa-da, shifokorga murojaat qilishning 5 sababi

O'qildi: 280


Qon bosimi biroz yuqori bo‘lsa-da, shifokorga murojaat qilishning 5 sababi

Birozgina ko‘tarilgan qon bosimi ham sog‘liq uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlarning ogohlantirishicha, bosim ko‘rsatkichi 130/80 yoki undan yuqori bo‘lsa, shuningdek, hafta davomida o‘zgarishsiz qolsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Sababi unchalik ham baland bo‘lmagan qon bosimi sog‘liqda o‘ziga yarasha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Demensiya kasalligi xavfi

Europen Heart Journal’da chop etilgan tadqiqiotda ma’lum qilinganidek, sistolik qon bosimi 130 ko‘rsatkichda bo‘lgan 50 dan oshgan yoshlarda demensiya kasalligining rivojlanish xavfi 45 foizga oshadi. Sababi qon bosimi qanchalik yuqori bo‘lsa, kasallikning rivojlanish xavfi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Insult

Yuqori qon bosimi yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining, birinchi navbatda insultning asosiy sabablaridan biridir. Ammo qon bosim shunchaki birozgina oshgan bo‘lsa, buni xavfsiz deb bilib bo‘lmaydi. Yuqori bosim yurak qon-tomir tizimiga ta’sir o‘tkazib, oxir-oqibat insult yuz berishi ham mumkin.

Infarkt

Agar qon bosimi 120/80 bo‘lsa, bunda yurak xastaligi xavfi ancha past. Ammo bu raqamlar ortib borsa, yoshga ham qaramay bemor infarktga duchor bo‘lish ehtimoli juda katta. Qon bosimini hamisha kuzatish, kerak bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish va yurak salomatligiga ehtiyot bo‘lish zarur.

Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar

Qon bosimi yuqoriligi ko‘zning orqa qismidagi qon tomirlarning zo‘riqishi bilan ham tavsiflanadi. Shu orqali bir qancha jiddiy kasalliklar rivojlanishi ham mumkin. Hattoki ko‘rish qobiliyatining butunlay yo‘qolish holatlari ham kuzatiladi. Garchi ko‘rish qobiliyati me’yorda bo‘lsa ham, yilda bir marotaba oftalmolog ko‘rigidan o‘tish zarur. Sababi shifokorlar jiddiy kasallikning juda erta bosqichidan aniqlay olishga yordam beradi.

Buyrak kasalligi

Buyraklarning asosiy vazifasi – bu qonni chiqindilardan tozalashdir. Shuning uchun ham ushbu jarayonda qon tomirlari ham ishtirok etadi. Agar tomirlar shikastlangan bo‘lsa, ehtimol, bu bosim ortishi bilan bog‘liqdir, buyrakda ortiqcha zo‘riqish yuz beradi. Bu vaqt o‘tishi bilan buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. AQSh milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori qon bosimi buyrak yetishmovchiligining ikkinchi sababi hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.