Uyqudan oldin ichilgan limon sharbatining ozishga qanday foydasi bor?
Kechasi iste’mol qilingan limon virusli kasalliklardan himoya qiladi, immunitetni mustahkamlab, ozishga yordam beradi.
Foto: Woman’s DayTunda limon iste’mol qilish
Uyqudan avval iste’mol qilingan limon metabolizmni yaxshilagani hisobiga odam tez vazn tashlaydi. Limon sharbati organizmdagi kaloriyani parchalaydi. Buning uchun limonning bir bo‘lagini kechasi iste’mol qilish yoki bir stakan suvga sharbatini qo‘shib ichish tavsiya qilinadi. Yanada yaxshi samara berishi uchun bunday ichimlikka biroz asal qo‘shish kifoya.
Oshqozonga zarar yetkazishi, kislotani oshirib yuborishi mumkinligini inobatga olgan holda limon sharbatini o‘zini ichmagan yaxshi. Limonli suv issiq bo‘lishi kerakmi yoki sovuq, degan bahsli savolga turli javoblar mavjud. Parhezshunoslar sovuq suv metabolizmni jadallashtirishini ta’kidlasa, shifokorlar sovuq suv zararli, yog‘larni samarali eritgani sabab iliq suvdan foydalangan yaxshi degan javobni beradi.
Mutaxassis fikri
Fitnes-trener va nutritsiolog Anastasiya Simanovaning ta’kidlashicha, tarkibida limon va askorbin kislotasi hamda pektin borligi hisobiga limon yog‘larni eritish xususiyatiga ega. Bir stakan limonli suv shu zahoti organizmdagi shishlarni bartaraf qiladi, limon qondagi qand miqdorini kamaytirib, ochlik hissini kamaytiradi. Ushbu ijobiy ta’sir natijasida ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanadi. Ammo gastritda aziyat chekadigan bemorlarga limonni muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Tish emaliga zarar yetmasligi uchun limonli suvni “trubochka”da ichgan yaxshi. Qolaversa, ushbu meva allergik xurujlarga olib kelishi mumkinligini ham yodda tutish kerak. Limonli choy, asal, yalpiz va zanjabil bilan ratsionni xilma-xil qilsa bo‘ladi.
Ozish uchun limonli retsept
Quyidagi mahsulotlar qo‘shilganda limon yanada yaxshi samara beradi.
- Maydalangan sarimsoq va limonni termosga solib ustidan 1,5 litr suv solingan ichimlikni uyqudan avval ichgan yaxshi.
- Mayda to‘g‘ralgan bodring, zanjabil va limon bo‘lagiga 2-3 ta barra yalpiz qo‘shing. Ustidan 10 stakan suv solib uyqudan avval va kun davomida ichib yuring.
- 1 choy qoshiq dolchinga 1 stakan qaynoq suv soling. Xona haroratiga kelgandan keyin 1 choy qoshiq asal va limon qo‘shing. Uyqudan avval ichsangiz bo‘ladi.
Manba