Salomatlik Salomatlik Limonli suv ichish uchun 8 sabab

Limonli suv ichish uchun 8 sabab

O'qildi: 279


Limonli suv ichish uchun 8 sabab

Polifenolli antioksidantlarning koni hisoblangan limonning iste’moli organizmga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot beradi.

Foto: Marie Claire

Suv balansini me’yorlashtiradi

Kishi o‘zini yaxshi his qilishi va sog‘lom bo‘lishi uchun suv ichishni kanda qilmaslik muhim. Bu metabolizmni yaxshilab, organizmdan toksinlarni chiqarishga hissa qo‘shadi. Kun davomida odam o‘rtacha 2,7-3,7 litr suv ichishi kerak. Ammo hamma ham suvning o‘zini iste’mol qila olmasligi mumkin. Ta’mi yaxshilangani sabab unga limon qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

C vitamini bilan ta’minlaydi

Salomatlik uchun muhim bo‘lgan antioksidant — C vitaminini organizm o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqara olmagani sabab uni faqatgina mahsulotlar tarkibida qabul qilish mumkin. C vitaminini yetarli miqdorda qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari, insult va gipertoniya xavfini kamaytiradi. C vitaminining koni hisoblangan limon iste’moli sog‘liqqa ijobiy ta’sir qiladi. Unda ushbu foydali moddaning kunlik me’yorining 90 foizi mujassam.

Teri tarang va yosh ko‘rinadi

Teri go‘zal va yosh ko‘rinishi uchun suv ichishni kanda qilmaslik kerak. Limondagi C vitamini ajinlarni kamaytirib, kollagen va elastin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Shu sabab ham limonli suv yoshlik va go‘zallikni saqlashda eng yaxshi vosita hisoblanadi.

Moddalar almashinuvini jadallashtiradi

Hazm tizimi faoliyatini yaxshilagani sabab tongda ichilgan limonli suv yaxshi samara beradi. Limon qo‘shilgan iliq suv metabolizmni chindan ham jadallashtiradi.

Yomon hidni bartaraf qiladi

Yoqimsiz hidlarni bartaraf qilgani sabab ham limon sharbatidan tozalash vositalarini tayyorlashda foydalaniladi. Og‘izdan yomon hid anqiydigan bo‘lsa, limonli suv ichish tavsiya qilinadi.

Buyrakda tosh paydo bo‘lish ehtimoli kamayadi

Kalsiy buyraklarda tosh cho‘kindisini hosil qilgani sabab, mutaxassislar ushbu xavfni kamaytirish uchun limon kislotasi muhimligini ta’kidlaydi. Yetarli miqdordagi suv buyraklarning sog‘lom bo‘lishi uchun ham zarur. Suv va limon umumlashmasi esa buyrak kasalligiga moyilligi borlar uchun ayni muddao hisoblanadi.

Kayfiyatni ko‘taradi

Tadqiqotlarda limonning hidi stress gormoni kortizol miqdorini kamaytirib, kayfiyatni ko‘tarishi aniqlangan. Vitamin va kaliyning koni hisoblangan limon nafaqat jismoniy, balki ruhiy holat uchun ham foydali hisoblanadi. Undagi kaliy arterial qon bosimni nazorat qiladi. Limonli suv tinchlantirish xususiyatiga ega ekani bilan o‘ziga xosdir.

Ichki pH(kislota-ishqorli)muhitni me’yorlashtiradi

pH — ichki organizmning qanchalik sog‘lom ekanidan darak beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Saraton singari kasalliklar kislotali muhitni afzal bilgani sabab balansning ishqorli bo‘lgani yaxshiroq. Muhit qanchalik kislotali bo‘lsa, qarish va tez-tez kasal bo‘lishga olib keladi. pH balansda bo‘lishi uchun limon va uning sharbatini iste’mol qilish yaxshi foyda beradi. Nordon ekaniga qaramay, limon kislotasi organizmga kirganda metabolizm(hujayralarda sodir bo‘ladigan fermentativ reaksiyalar)kuzatiladi va natijada ishqoriy ta’sir ko‘rsatadi. Suv inson salomatligi va umrining uzoq bo‘lishi uchun muhim sanaladi, limon esa bir qator ozuqaviy moddalarning manbai hisoblanadi. Ularning umumlashmasi esa sog‘lik uchun koni foyda. Uni nafaqat tongda, balki kun davomida kanda qilmaslik tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
  • Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
  • Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
  • Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.