Salomatlik Salomatlik Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlashning foydali tomonlari

Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlashning foydali tomonlari

O'qildi: 452


Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlashning foydali tomonlari

Limon nafaqat turli taomlarga ajoyib ta’m baxsh etadi, balki sog‘liq uchun ham juda foydali ekani hech kimga sir emas. U xavfsiz tarzda super mahsulotlar orasidan joy olgan. Shu sababli so‘nggi yillarda shifokor va diyetologlar och qoringa limonli suv ichishni ko‘proq tavsiya qilmoqda. Quyida ushbu ichimlikning tanaga qanday ta’sir qilishi haqida tanishib chiqish mumkin.

Foto: Pinterest

Tanani tozalaydi

Och qoringa limonli suv ichish organizmdan toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlaydi. Limon juda nordon ta’mga ega, ammo ular tanaga kirganda murakkab biokimyoviy reaksiya paydo bo‘ladi. Natijada kislota-ishqor muvozanati ishqoriy tomonga o‘tadi. Limon sharbati jigarni rag‘batlantiradi, toksinlarni faolroq olib tashlaydi.

Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi

Ichimlik ichak faoliyatini rag‘batlantiradi, kun davomida ovqat hazm qilishni osonlashtiradi. Limonli suv metabolizm va ich qotishining oldini oladi.

Vazn tashlashga yordam beradi

Limonlar ochlikni kamroq his qilishda yordam beruvchi eriydigan kletchatka bo‘lgan pektinni o‘z ichiga oladi. Limonli suv peshob haydovchi ta’sirga ega, shuning uchun uni shishdan aziyat chekadiganlar ichsa ham foydali. Bundan tashqari, choy yoki qahvani sut, shakar va limonli suvga almashtirish shunchaki kamroq kaloriya beradi.

Yallig‘langan oshqozonni tinchlantiradi

Agar inson to‘q qorin bilan uyquga ketsa, jig‘ildon qaynashi yoki qorin dam bo‘lishi bilan uyg‘onishi mumkin. Bunday holda issiq suv bilan birgalikda limon sharbatini ichish kislotalikni kamaytirishga yordam beradi va kaliy tuzlari tufayli ko‘ngil aynishini yengillashtiradi.

Limonli suvni qanday ichish kerak?

Albatta, uning juda ko‘p usullari bor, kimdir yarimta limonni bir stakan suvga siqib olishni tavsiya qiladi, kimdir bir necha tilim yetarli deb o‘ylaydi. Shifokor-diyetolog Tereza Chongning “Limon sharbatiga asoslangan diyeta” kitobida eng maqbuli quyidagicha:

  • suvni och qoringa ichish kerak;
  • suv o‘rtacha issiqlikda bo‘lishi lozim;
  • sharbat miqdori taxminan 100 ml uchun 1 choy qoshiqni tashkil qilishi kerak;
  • yoki bir stakan suvga ikki bo‘lak ezilgan limon bo‘lagi kifoya.

Mavzuga doir:

  • Kun retsepti: Immunitetni mustahkamlovchi vitaminlarga boy ichimlik
  • Limonli suv ichish uchun 8 sabab
  • Ozishga yordam beradigan tonggi smuzi: Ortiqcha vazndan qutilishni istaydiganlar uchun oddiy usul


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.