Nosog‘lom ozish: vazn kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi 7 kasallik
Vaznning nafaqat ko‘payishi, balki keskin kamayishi ham salomatlikda muammo borligidan darak berishi mumkin. Uning sababi nima bilan bog‘liqligini bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Foto: FreepikQalqonsimon bez
Vazn kamayishi gipertireoz yoki qalqonsimon bezning haddan ortiq faolligidan darak berishi, bunday vaqtda qalqonsimon bezdan haddan ortiq ko‘p gormon ajralishi mumkin. Vazn kamayishidan tashqari, qorinning qattiq ochishi, yurak urishining tezlashishi va uyqu bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Endokrinolog aniq tashxis qo‘yishi uchun qanday tahlillar kerakligi haqida ma’lum qiladi.
Seliakiya
Seliakiya glyuten ingichka ichakka zarar yetkazadigan autoimmun kasallik hisoblanadi. Vazn kamayishi, ko‘ngil aynishi hamda diareya ushbu kasallikka xos simptomlar sanaladi. Bunday muammo kuzatilayotgan bemorlarga tarkibida glyuten bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish ta’qiqlanadi.
Pankreatit
Oshqozon osti bezining yallig‘lanishi ham vazn tashlashga ta’sir qilishi mumkin. Organizm yetarli miqdorda enzim fermenti ishlab chiqarilmagani hisobiga surunkali pankreatitdan aziyat chekadigan kishilarda keskin vazn kamayishi kuzatilishi mumkin. Tashxis aniq bo‘lishi uchun gastroenterologga murojaat qilish kerak.
Depressiya
Vazn kamayishi klinik depressiyaning keng tarqalgan simptomlaridan biri. Ba’zida depressiyadagi odamga o‘zining ozib ketayotgani sezilmasligi mumkin. Psixiatr ko‘rigidan o‘tish va to‘g‘ri davolanish muammoni bartaraf qilishi mumkin.
Qandli diabet
Chanqash, ko‘p peshob ajralishi bilan namoyon bo‘ladigan qandli diabetda ham vazn kamayishi kuzatiladi. Organizm glyukozani chiqarib yuborgani hamda mushaklardagi energiya kamaygani hisobiga ham bemor ozib ketadi. Endokrinolog shifokor individual tashxisdan keyin sizga nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi
Revmatoid artrit
Revmatoid artritda immun tizimi adashib sog‘lom hujayralarga zarar yetkazadi va buning hisobiga ishtaha va vazn kamayishi kuzatiladi. Revmatolog shifokor tekshiruvdan keyin qanday davolanish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
To‘yib ovqatlanmaslik
Ushbu muammo aksariyat hollarda yoshi katta odamlarda kuzatiladi. Yosh o‘tishi bilan oshqozon faoliyati susayadi va to‘qlik hissi uzoq vaqt saqlanadi. Bunday vaqtda odam ovqatlanishni istamagani hisobiga uning organizmi foydali moddalar bilan to‘yinmaydi. Gerontolog va parhezshunos konsultatsiyasi mazkur muammoni bartaraf qilishi mumkin bo‘ladi.
Manba