Salomatlik Salomatlik Kuchli immunitet va nozik qomat: limon sharbatini ratsionga qo‘shish uchun 7 sabab

Kuchli immunitet va nozik qomat: limon sharbatini ratsionga qo‘shish uchun 7 sabab

O'qildi: 322


Kuchli immunitet va nozik qomat: limon sharbatini ratsionga qo‘shish uchun 7 sabab

Limon taom va ichimliklarga nordon ta’m qo‘shadi, lekin bu uning yagona foydasi emas: shu bilan birga, u salomatlik va tashqi ko‘rinishni yaxshilaydi. Bu haqda batafsil ma’lumotga quyida ega bo‘lish mumkin.

Foto: Marie Claire

O‘zini doimo yaxshi his qilmoqchi bo‘lganlar arzimagan narsalardan boshlab katta o‘zgarishlarga erishishi mumkin. Limon sharbati yoki shunchaki suvga limon bo‘laklarini qo‘shib, asta-sekin teri, qomat, va eng muhimi, energiya darajasini yaxshilashingiz mumkin.

Limon sharbatini ratsionga qo‘shishning yettita sababi bor. Biroq har bir mahsulotning nafaqat foydali jihatlari, balki kamchiliklari ham borligini yodda tutish kerak. Limonning o‘ziga xos kamchiligi shundaki, u oshqozon-ichak traktini bezovta qilishi yoki buyraklarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu sohalarda biror-bir muammosi bor insonlar sog‘liq bilan tajriba o‘tkazishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi zarur.

Limon immunitet tizimini mustahkamlaydi

C vitamini organizmning turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Shuning uchun u shamollash va grippning dastlabki bosqichlarida buyuriladi. Qoida tariqasida, mavsumdan tashqari limon va asal bilan iliq ichimlik tayyorlanadi.

Limon C vitaminining tabiiy manbai hisoblanadi

Boshqa sitrus mevalari kabi limon ham C vitaminiga boy. U immunitet tizimini mustahkamlovchi va hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi kuchli antioksidant hisoblanadi. Ushbu vitaminga boy ovqatlar mavsumiy kasalliklarni yengishga yordam beradi va energiyani orttiradi. Biroq barcha mevalar orasida limon yoki sitrus mevalarning hammasi emas, balki kivi C vitamini bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Limonli ichimlik teri ko‘rinishini yaxshilaydi

Limondagi C vitaminining yuqori miqdori, shuningdek, ko‘p miqdorda suv va sog‘lom gidratsiya tufayli teriga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Natijada ajin tushish jarayoni biroz sekinlashadi va quruq terining holati yaxshilanadi.

Limon kislotasi ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi

Iliq suv limon sharbati bilan teng nisbatda aralashtirilib ichilsa, ovqat hazm qilish tizimi yaxshilanadi. 200-300 ml dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ovqatdan yarim soat oldin ichish tavsiya etiladi. Iliq suyuqliklar ovqat hazm qilish tizimini bo‘shashtiradi, ba’zida och qoringa qabul qilinganda ich tozalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, agar oshqozon bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, ovqatdan oldin limonli suv ichishdan avval shifokorga murojaat qilgan ma’qul.

Limon buyrakda tosh to‘planishining oldini oladi

Agar buyrakda toshlar bo‘lsa, shifokor ruxsatisiz limonli suv ichmaslik kerak. Shuningdek, bunday muammolar bo‘lmasa, limon sharbatini muntazam iste’mol qilish buyrakda tosh paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Ko‘proq suv ichish organizmni toshlardan tozalashga yordam beradi, ammo buni mutaxassis nazorati ostida qilgan ma’qul.

Limon vazn kamaytirishga hissa qo‘shadi

Ko‘pgina diyetologlar limonli suv vazn kamaytirishga yordam berishini ma’lum qilgan. Tadqiqotchilar limonli suvning sichqonlarga ta’sirini baholab, vazn kamaytirishini aniqladi. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, limonli suvning ta’mi nosog‘lom gazaklarga bo‘lgan ishtiyoqni to‘xtatishga yordam beradi va bu vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi, ayniqsa, shakarli ichimliklar oddiy, shakarsiz limonli suvga almashtirilsa. Foydali va mazali ichimlik tayyorlash uchun nafaqat limon sharbati, balki uning po‘stidan ham foydalanish mumkin.

Limon gidratsiyani kuchaytirishga yordam beradi

Ko‘pchilik suvni ixtiyoriy yoki shunchaki ta’msiz narsa sifatida qabul qiladi va unga limon qo‘shilsa, ichimlik yanada mazali bo‘ladi. Ertalabdan sitrus bo‘laklari yordamida organizm uchun kerak bo‘lgan miqdorda suyuqlik ichish mumkin. Ushbu layfxak doimiy ravishda suyuqlik iste’mol qilishga ko‘nikishga yordam beradi.

Mavzuga doir:

  • Ko‘rinmas dushman: qahvani keragidan ortiq iste’mol qilayotganingizni anglatuvchi alomatlar
  • Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?
  • Choy ichish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.