Salomatlik Salomatlik Nega kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlash kerak?

Nega kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlash kerak?

O'qildi: 271


Nega kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlash kerak?

Limon turli xil taomlarning ta’mini yaxshilashi bilan birga, sog‘liq uchun ham foydali ekanligi barchaga ma’lum. Hattoki uni supermahsulot deb ham atash mumkin. Shu sababli, so‘nggi yillarda shifokorlar va to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari iloji boricha och qoringa limonli suv ichishni tavsiya qiladi. Nima uchunligini esa quyida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishgandan so‘ng bilib olish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Tanani tozalaydi

Limonli suvni och qoringa ichish orqali organizmdan toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlanadi. Limonning nordon ta’mi tanaga kirganda murakkab biokimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi. Natijada kislota-ishqor muvozanati ishqoriy tomonga o‘zgaradi. Shuningdek, limon sharbati jigar faoliyatini yaxshilaydi, u toksinlarni faol tarzda chiqarib tashlaydi, suv esa ularni yuvib tashlaydi.

Ichakning ishlashiga yordam beradi

Limonli ichimlik ichakning siqilish harakatini yaxshilaydi, kun davomida ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Limonli suv qorin dam bo‘lishi va ich qotishini bartaraf etishda yordam beradi.

Vaznni kamaytiradi

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tanada ishqorni ko‘paytirish kerak, chunki barcha kimyoviy reaksiyalar ishqoriy muhitda ancha yaxshi sodir bo‘ladi. Limonli suv esa ishqoriy muhitni hosil qiladi. Limon tarkibidagi pektin – eriydigan tolalar bo‘lib, u ochlik hisini kamayishiga olib keladi. Shuningdek, limon peshob haydash xususiyatiga ham ega bo‘lib, buyrak bilan bog‘liq muammosi borlar uchun foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, bir piyola choy yoki qahvani bir stakan limonli suv bilan almashtirish – kamroq kaloriyani hosil qiladi.

Oshqozon og‘rig‘ini bosadi

Agar qorinni pastga qaratib yotilsa, oshqozon og‘rishi yoki ishib ketishi mumkin. Bunday holda limonli suv kislotalikni kamaytirishga yordam beradi va kaliy tuzlari tufayli ko‘ngil aynishini ketkazadi.

Limonli suvni qanday tayyorlab ichish kerak?

Buning uchun bir qancha variantlar mavjud. Masalan, kimdir limon bo‘lagidan hosil bo‘lgan sharbatni qaynagan suvga qo‘shib ichishni tavsiya qiladi. Lekin mutaxassislar quyidagi ketma-ketlikni maslahat beradi:

  • Och qoringa ichish kerak;
  • Suv iliq bo‘lgani ma’qul;
  • Limon sharbati miqdori 100 ml suvga 1 choy qoshiqni tashkil etishi zarur;
  • Yoki bir stakan suvga ikkita limon bo‘lagi solinib, qoshiqcha yordamida eziladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.