Salomatlik Salomatlik Koronavirusdan himoya qiluvchi 9 mahsulot

Koronavirusdan himoya qiluvchi 9 mahsulot

O'qildi: 346


Koronavirusdan himoya qiluvchi 9 mahsulot

Olimlar koronavirusdan himoya qiladigan ozuqaviy moddalarni qaysi mahsulotlar tarkibida bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Koronavirus bilan kurashish hamon davom etayotgan bir vaqtda barcha o‘zini niqob va qo‘lqop yordamida himoyalashga harakat qilmoqda. COVID-19 bilan kurashish uchun tanaga vitaminlar – A, C, D, shu jumladan, temir, selen, ruh, foliy kislotasi kerak bo‘ladi. Ushbu foydali elementlar quyidagi mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lib, ularni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: “poisknews.ru”

Treska(baliq turi)jigari

Foto: Pixabay

Kuniga atigi 15 gramm treska jigari me’yordagi D vitaminga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. Uni sovuq mavsumda iste’mol qilish juda foydali, chunki u quyosh nurida sintezlanadi. Uning tanqisligi nafas yo‘llarining kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi, nafas olish organlarida mikroblarga qarshi moddalar ishlab chiqarishga yordam beradi.

Tovuq va mol jigari

Foto: Pixabay

Ular tarkibida hujayralar ishlashiga yordam beradigan sink va mis, shuningdek, immunitet uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p A vitamin mavjud. Bundan tashqari asab tizimini normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan B12 vitamini ham bor.

Sariyog‘

Foto: Pixabay

Mahsulot tarkibida D, A va E vitaminlari bo‘lib, foydali omega-3 va omega -6 yog‘ kislotalari tufayli yanada ko‘proq yordam beradi. Bundan tashqari u immunitet tizimini mustahkamlaydi va tirnoq, soch va teri holatini yaxshilaydi.

Pista yog‘i

Foto: Pixabay

Mahsulot tarkibidagi A, E va D vitaminlari immunitet tizimining faoliyatini yaxshilash uchun javobgardir. Salatlarni iloji boricha pista yog‘i bilan boyitish lozim, bu sog‘liq uchun foydali.

Yong‘oqlar

Foto: Pixabay

Yong‘oqlarda ham koronavirusdan himoya qiluvchi barcha elementlar to‘plami mavjud bo‘lib, ular immunitetni oshiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, mushak to‘qimasini kuchaytirishga yordam beradi. Shuningdek, og‘riq qoldiruvchi xususiyati ham mavjud.

Pishloq

Foto: Pixabay

Pishloq tarkibida D vitamin, sink, selen, kalsiy va foydali oqsillar mavjud. Pishloq immunitet va hujayralar o‘sishi va tiklanishini kuchaytiradi, quvvatni oshiradi, kasallikni oldini olishga yordam beradi.

Sitrus mevalar

Foto: Pixabay

C vitamini immunitetni oshirish, saraton kasalligini keltirib chiqaradigan hujayralar va qarish bilan kurashish uchun muhim moddadir. Faqatgina ularni xarid qilish va vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Karam

Foto: Pixabay

Karam organizmni tozalovchi moddalarga boy bo‘lib, immunitetni yaxshilashga yordam beradi. Uning tarkibida A, B, E va C vitaminining kunlik qiymati bo‘yicha taxminan 90 foizini tashkil qiladi. Karam mahsulotidan taomlarda va salatlarda foydalanish mumkin.

Na’matak

Foto: Pixabay

Tarkibidagi C, B1, B2, vitaminlari immunitetni oshiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va qayta tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Sovuq mavsumda na’matak choy ichish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.