Shirinlik, yogurt va och qoringa yeyish tavsiya qilinmaydigan boshqa mahsulotlar
Foydali va zarari yo‘qdek tuyilgani bilan mutaxassislar ayrim mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilmaslikni maslahat beradi.
Foto: FreepikQandolat mahsulotlari
Bulochka va boshqa oshirma xamirdan tayyorlangan shirinliklar tarkibidagi xamirturush oshqozon devorlariga ta’sir o‘tkazib, qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shirinliklar
Shirinlik yegandan keyin insulin ajralishi jadallashadi va bu oshqozon hazm tizimida muammo kelib chiqishiga sabab bo‘lishi, och qoringa yeganda qandli diabetga olib kelishi mumkin bo‘ladi.
Yogurt va boshqa nordon sut mahsulotlari
Oshqozondagi kislota barcha foydali bakteriyalarni yo‘q qilishi sabab ham mazkur mahsulotlarni ham och qoringa yeyish tavsiya qilinmaydi.
Nok
Ichaklar faoliyati uchun juda ham foydali hisoblangan kletchatkani o‘z ichiga oladigan nokni och qoringa yeyish kerak emas. Oshqozon bo‘sh vaqti yeyilsa, oshqozonga og‘irlik qilishi va uning shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham uni desert sifatida iste’mol qilish eng yaxshi variant.
Pomidor
Pomidor tarkibida oshqozonda yara paydo bo‘lishigacha olib keladigan kislota mavjud.
Banan
Kunni magniyga boy bo‘lgan banan bilan boshlash tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, organizmga juda ham tez singadigan magniy yurak mushaklari uchun ortiqcha xavf bo‘lishi mumkin.
Bodring va boshqa yashil sabzavotlar
Kunni salat, ayniqsa xom sabzavotlar bilan boshlash tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, sabzavotlar shundoq ham sekin hazm bo‘ladi, oshqozonda yetarlicha suyuqlik ajralmagan bo‘lsa hazm jarayon yana-da qiyinlashishi mumkin.
Do‘lana
C vitamin yetishmagan kishilarga do‘lanadan tayyorlangan kompot yoki damlama ichish tavsiya qilinadi. Ammo uni och qoringa iste’mol qilish kislotani ko‘paytirib yuborishi mumkin.
Sut va pishloq
Oqsilga boy mahsulotlar kletchatkalar bilan qo‘shilgandagina yaxshi samara beradi. Aks holda organizm proteinni parchalab, keraksizga chiqaradi.
Manba