Olimlar televizor tomosha qilish aqliy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi
Muntazam televizor tomosha qiladigan o‘rta yoshdagi insonlar keksaygach kognitiv funksiyalarning yomonlashuv xavfiga ko‘proq duch keladi. Bu haqda Amerika epidemiologiya, profilaktika, hayot tarzi va kardiometabolik salomatlik assotsiatsiyasining anjumanida taqdim etilgan uchta yangi tadiqot natijalarida so‘z boradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Foto: PixabayOlimlar o‘rtacha darajada televizor ko‘rish ham keksalikda kognitiv funksiyalarning yomonlashishiga bog‘liqligini aniqlagan. Shu bilan birga, olimlar bu televideniyening bevosita ta’sirimi yoki ekran qarshisida uzoq o‘tirish orqali yuzaga kelayotganini aniq ayta olmagan.
Amerika kardiologiya assotsiatsiasi prezidenti doktor Mitch Elkindning so‘zlariga ko‘ra, kam harakat hayot tarzi semirish, qon bosimining ko‘tarilishi va diabetga, vaqt o‘tishi bilan esa odamlarning aqliy qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi tadqiqotda 6500 ga yaqin odam ishtirok etgan bo‘lib, ular 1980-yillarning o‘rtalaridan 1990-yillarning o‘rtalariga qadar taxminan olti yil teleko‘rsatuvlarni tomosha qilgan.
Odamlar uch guruhga ajratilgan: hech qachon yoki juda kam televizor ko‘ruvchilar, ayrim hollarda va muntazam tomosha qiluvchilar — ular vaqt o‘tishi bilan kognitiv testlarni topshirib kelgan.
Mutaxassislarning aniqlashicha, muntazam televizor tomosha qilganlarda kognitiv funksiya 15 yildagi test natijalariga ko‘ra taxminan 7 foizga tushib ketgan.
Ikkinchi holatda, televizor tomoshasiga o‘rtacha vaqt sarflaydigan 970 kishining ma’lumotlari o‘rganilgan, ularning miyalari qo‘shimcha ravishda skaner qilingan. Olimlarning aniqlashicha, ba’zi hollarda televizor tomosha qilgan insonlarda oradan o‘n yil o‘tgach, kulrang modda hajmi kamaygan — bu esa atrofiya yoki miya holatining yomonlashuvidan dalolat beradi.
Miyaning kulrang moddasi mushaklar, ko‘rish qobiliyati, qaror qabul qilish va miyaning boshqa muhim funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadi. Kulrang modda hajmi eslab qolish va fikr qilish qobiliyatining yaxshiligiga bog‘liq.
Uchinchi tadqiqot ham, shuningdek, miyaning kulrang moddasiga qaratilgan, biroq tahlil uchun yoshlarda koronar arteriyaning rivojlanish xavfiga oid uzoq muddatli tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanilgan.
600 ga yaqin odamdan 20 yil davomida har besh yil ichida ekran qarshisida o‘rtacha qancha vaqt o‘tirganlari so‘ralgan. Oradan 20 yil o‘tgach esa tadqiqotchilar ularning miyasini MRT-skanerlashdan o‘tkazgan. Ushbu tadqiqot televizorni muntazam tomosha qilish kulrang modda hajmining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ortiqcha bir soat televizor ko‘rish kulrang moddaning o‘rtacha 0,5 foizga kamayishiga olib keladi. Tadqiqotlarning barchasida odamlarning jismoniy faolligi ularning televizor tomosha qilishga sarflagan soatlari va miya funksiyasining pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikka ta’sir ko‘rsatmagan.
Mavzuga doir: Televizor ko‘rishning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi
Manba