Tuzni me’yordan ortiq iste’mol qilishingizdan darak beruvchi 4 belgi
Parhezshunoslarning ma’lum qilishicha, natriy xlorid, ya’ni tuzni haddan ortiq iste’mol qilish arterial qon bosimi ko‘tarilishi, qorin shishi va organizmda suv ushlanib qolishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kishi kun davomida o‘rtacha 3400 mg tuz iste’mol qiladi, ammo mutaxassislar bir choy qoshiqqacha(2800 mg)bo‘lgan miqdor me’yor ekanini ta’kidlaydi.
Foto: Harper’s BazaarChanqash
Natriy organizmda suyuqlik balansini saqlashga yordam beradi. Parhezshunos Mendi Enrayt oz miqdorda bo‘lgan tuz odam uchun kerakligi, ammo organizmga haddan ortiq miqdorda kirishi aks ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Kishi chanqashni his qilganda tana organizmdagi disbalans haqida signal berayotgan bo‘ladi.
Shishlar
Sho‘r va tuzli taomlar aksariyat hollarda qorinning shishiga olib keladi. Suv miqdorining kamayishi bilan shishlar kuzatilishi mumkin bo‘ladi. Tanovuldan keyin barmoq va qo‘llar shishgani seziladi.
Bosh og‘rig‘i
Bosh og‘rig‘ining tez-tez takrorlanishiga organizmdagi natriy xlorid miqdorining katta miqdorda ekani sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, tuz miya qon tomirlarini kengaytirgani hisobiga bosh og‘rishi kuzatiladi.
Taom ta’mi
Salomatlik uchun xavfli ekanidan tashqari, tuzli taom ta’m retseptoriga ham ta’sir qilishi mumkin. Qancha ko‘p tuz yeyilsa, ta’m shunchalik sezilarsiz tuyiladi.
Yomon oqibatlar kelib chiqishining oldini olish uchun mutaxassislar bulochka, fastfud, pitssa, konservalangan sho‘rva, muzlatilgan nagetslar hamda kolbasa mahsulotlaridan tiyilishni, uyda tayyorlangan taom iste’mol qilish, unga ziravor, limon sharbati, ko‘katlar va sirka qo‘shish, shuningdek, konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi.
Manba