Salomatlik Salomatlik Ham yegulik, ham suv: organizmdagi suv balansini bir me’yorda saqlashga yordam beradigan mahsulotlar

Ham yegulik, ham suv: organizmdagi suv balansini bir me’yorda saqlashga yordam beradigan mahsulotlar

O'qildi: 255


Ham yegulik, ham suv: organizmdagi suv balansini bir me’yorda saqlashga yordam beradigan mahsulotlar

Inson tanasidagi suyuqlik darajasiga nafaqat kuniga ichadigan suv miqdori, balki iste’mol qilayotgan mahsulotlar ham ta’sir qiladi. Quyida qaysi meva va sabzavotlar ichki faoliyatga hissa qo‘shishi haqida bilib oling.

Foto: Marie Claire

Havo harorati, ish faoliyati va boshqa ko‘plab omillar tufayli organizm har kuni sezilarli miqdorda suyuqlik yo‘qotadi. Ammo ichki energiya va faollik ham bevosita tananing suyuqlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tananing normal suv muvozanatini saqlash har bir inson uchun eng muhim vazifadir.

Har bir inson individualdir. Ba’zilar uchun kerakli miqdorda suv ichish orqali suv balansini to‘ldirish kifoya, boshqalar uchun oziq-ovqat bilan suyuqlik darajasini oshirish qulayroqdir. So‘nggi tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, ikkala usul ham samarali va bir-birini to‘ldiradi.

Bodring — suv miqdori 96 foiz

Bodring yuqori suv miqdori bilan bir qatorda, kaliy, fosfor, magniy va kalsiyga boy manba hisoblanadi. Turli xil bodring qo‘shilgan salat, smuzi va salqin ichimliklarni ratsionga kiritish organizmda suv miqdorini tiklashning ajoyib usulidir.

Selder — suv miqdori  95 foiz

Bu ko‘kat tarkibidagi suv miqdori, kletchatkaning ko‘pligi, shuningdek, ovqat hazm qilishni faol ravishda rag‘batlantirishi tufayli vaznni saqlashga yordam beradi. Selder K vitamini va fosforga boy. Ushbu mahsulot har qanday go‘shtga mukammal darajada ta’m beradi.

Ismaloq — suv miqdori 93 foiz 

Ismaloq ajoyib mineral va vitaminlarning haqiqiy omboridir. Unda temir, kaliy, rux, magniy, kalsiy va yod kabi suv va minerallarning yuqori miqdori mavjud. Uning yordamida sho‘rva, pirog, shuningdek, turli xil salatlar tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, ko‘katlar ovqatning ancha oson so‘rilishiga yordam beradi.

Tarvuz — suv miqdori 91 foiz

Ko‘pchilik sevadigan ushbu poliz ekini suv, temir, magniy va kletchatkaga boy. Shuningdek, tarvuz suv miqdorini qayta tiklash uchun mukammal tetiklantiruvchi hisoblanadi. Tarvuzdan foydalangan holda ajoyib ichimliklar tayyorlash mumkin.

Qulupnay — suv miqdori 91 foiz 

Suv miqdori yuqori bo‘lgan eng tetiklantiruvchi rezavorlardan biri. Kokteyl, smuzi, salatlar va, albatta, shirinliklar ushbu suvli mahsulotisiz bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tarkibida C, K vitaminlari va yurak sog‘lig‘i uchun pigment flavonoid mavjud.

Brokkoli — suv miqdori 90 foiz

Yuqori suv darajasidan tashqari, sabzavot tarkibida foydali antioksidantlar, A va K vitaminlari, temir, kalsiy va foliy kislotasi mavjud. Brokkolidan sho‘rva, pirog, salat va kotletlar – taomlar ro‘yxati shunchalik xilma-xilki, retsept tanlashda hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Greypfrut — suv miqdori 90 foiz

Bu nordon ta’mli meva vazn yo‘qotish uchun, shuningdek, qon bosimini normal holatga keltirish uchun foydalidir. Greypfrut qo‘shilgan turli xil kokteyl va salatlardan voz kechmaslik kerak.

Apelsin — suv miqdori  86 foiz

Ko‘p miqdorda suv va vitamin C, shuningdek, magniy, selen va misga ega bo‘lgan sitrus oilasining mevasi immunitet va asab tizimining faoliyatini mukammal darajada qo‘llab-quvvatlaydi. Apelsinni ratsionga sharbat, pirog  yoki salatlarning tarkibiy qismi sifatida qo‘shish tavsiya etiladi.

Ananas — suv miqdori 87 foiz

Suvga boy ekzotik meva har qanday salatlar va taomlarni boyitadi va organizmning suyuqlik bilan to‘yinishiga yordam beradi.

Olma — suv miqdori 86 foiz

Suv miqdori yuqori bo‘lgan past kaloriyali olma antioksidantlar va vitaminlarning boy manba sanaladi. Bu meva yangi salatlar va pirog tayyorlash uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.

Mavzuga doir:

  • Nima uchun shamollaganda ko‘p suyuqlik ichish kerak?
  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.