Salomatlik Salomatlik Organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi 6 belgi

Organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi 6 belgi

O'qildi: 262


Organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi 6 belgi

Suv ichish organizmdagi a’zolar faoliyati, salomatlik va kayfiyatning me’yorda bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Suyuqlik balansining buzilishi esa turli muammolarga olib kelishi va belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Quruq teri

Teri organizmga suv yetishmayotganidan darhol belgi beradi. Rangi so‘lg‘in bo‘ladi, qurish kuzatiladi. Avvallari uncha bilinmagan ajinlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Ko‘z ostidagi halqalar esa yana ham qoraroq bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘pchilik muammoga doimiy ravishda namlantiruvchi krem surtish bilan yechim topmoqchi bo‘ladi. Ammo ko‘proq suyuqlik iste’mol qilinmasa, bundan foyda bo‘lmaydi. Qolaversa, kosmetologlar yuvinish uchun darajasi tananikidan yuqori bo‘lmagan haroratli suvdan foydalanishni tavsiya qilinadi.

Charchoq

Suyuqlik miqdorining yetarli bo‘lmasligi holsizlik va charchoqqa sabab bo‘lishi mumkin. Organizmdagi suvsizlanish hisobiga arterial qon bosimi pasayib ketadi, yurak ritmi jadallashadi, miyada qon yaxshi aylanmasligi esa charchoq hissini keltirib chiqaradi. Shu sabab ham qahva ichishdan avval, bir stakan suv ichishni esdan chiqarmang. Bu sizni tetiklashishingizga yordam beradi.

Jizzakilik

Sababsiz asabiylashish va jizzakilik sizga begona bo‘lmagan vaqtlarda bir stakan suv ichishni kanda qilmang. Kayfiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri organizmdagi suyuqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi: Bir nechta o‘tkazilgan tadqiqotlarda suvning me’yordan hatto 1 foizga kam bo‘lishi ham inson o‘zini yomon his qilishiga olib kelishi aniqlangan.

Bosh og‘rig‘i

Suyuqlik yetishmasligi kuchli bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Suvsizlanish qondagi serotonin miqdoriga ta’sir qilib chakka sohasida og‘riq kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bosh miyadagi mayda qon-tomirlar suvsizlanishga nisbatan tez munosabat bildiradi — me’yordagidan kam bo‘ladigan bo‘lsa, kuchli migren keltirib chiqarishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda og‘riq qoldiruvchi qabul qilishdan avval ikki stakan suv ichib ko‘ring.

Mushaklar spazmi

Suv yetarli miqdorda qabul qilinmaganda, qon aylanishi sekinlashishi bu esa mushaklar spazmiga olib kelishi mumkin. Organizm mushaklardagi suyuqlik hisobiga hayot uchun muhim a’zolarning suvsizlanmasligini oldini oladi.

Shishlar

Suv yetishmaganda organizm bor suyuqlikni hujayralarda ushlab turishga majbur bo‘ladi. Bu esa qon aylanishi, moddalar almashinuvi jarayonining sekinlashishiga hamda shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik, shishlar suyuqlikning haddan ortiq ekani sababi yuz beradi deb o‘ylaydi va bu muammoga iste’mol qiladigan suyuqlik miqdorini kamaytirish bilan yechim topmoqchi bo‘ladi. Ammo bu usul teskari ta’sir ko‘rsatib, shishlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishni bartaraf qilish oson. Shifokorlar 1 kilo vazn uchun 30 millilitr ya’ni kun davomida 2-2,5 litr suv ichishni tavsiya qiladi. Choy, qahva, sharbat va limonadlar suv o‘rnini bosa olmaydi. Aksincha, organizmni suvsizlantiradi. Shu sabab ham ularni haddan ortiq darajada iste’mol qilmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.