Transyog‘larni haddan ortiq iste’mol qilishingizdan darak beruvchi 5 belgi
Salomatlik me’yorda bo‘lishi uchun monoto‘yingan yog‘larni o‘z ichiga oladigan yong‘oq, o‘simlik yog‘i va baliq mahsulotlarini iste’mol qilish muhim sanaladi. Ammo vazn ortmasligi va turli kasalliklar kuzatilmasligi uchun transyog‘lardan tiyilish kerak. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, transyog‘larga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish kishi umrini 5 yilga qisqartiradi. Umringiz uzoq bo‘lishi hamda sog‘lom bo‘lishni istasangiz, har bir mahsulottarkibini diqqat bilan o‘rganing, taomnomaga e’tiborli bo‘ling.
Foto: FreepikXotira va diqqat bilan bog‘liq muammo
Tadqiqotlarda kognitiv qobiliyat va ratsion o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlagan. Taomnomangizda nosog‘lom yog‘lar qancha ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, xotira ham yomon: ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va diqqat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Qolaversa, yoshligida transyog‘larni me’yoridan ortiq iste’mol qilgan kishilarning keksayganida demensiyaga chalinish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
Jig‘ildon qaynashi
Ushbu yoqimsiz holat sizda tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lsa, kundalik taomnomani e’tibor bilan ko‘zdan kechirish kerak. Gap shundaki, transyog‘larni parchalash uchun oshqozon ko‘proq ishlashi va ko‘proq suyuqlik ajratishiga to‘g‘ri keladi. Shuning hisobiga ertasi kuni yoki ko‘p o‘tmay, jig‘ildon qaynashi kuzatiladi.
Oshqozonda muammo
Xuddi shuning singari transyog‘larni haddan ortiq iste’mol qilish oshqozon holatining yomonlashishiga olib keladi. Oshqozon bunday zararli taomni hazm qilishga qiynaladi va uni organizmdan chiqarib yuborishni afzal biladi.
Xolesterin miqdorining oshishi
Yilda bir marta xolesterin miqdorini o‘lchatib turing. Agar ko‘rsatkich me’yordan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, parhez qilishga kirishing. Unutmang, 11-13 gramm to‘yingan yog‘, 2000 kaloriya kunlik me’yor sanaladi. Ammo qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Tushunarsiz vazn ortishi
To‘yingan va to‘yinmagan yog‘lardan tayyorlangan shirinlik yoki yegulik ortiqcha vazn ortishiga olib keladi. Transyog‘lar esa bu jarayonni yanada jadallashtiradi.
Manba