Soch rangini o‘zgartirishdan avval bilib qo‘yish zarar qilmaydigan ma’lumotlar
Sochni to‘g‘ri bo‘yash katta ahamiyatga ega, u nafaqat tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartiradi, balki soch tolalaringizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida sochingizni bo‘yashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan 14 ta sir keltiriladi.
Foto: PinterestSochingizni bo‘yashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing
Sochingizni bo‘yashdan 15-20 daqiqa oldin mutaxassis bilan uchrashing va undan kerakli maslahatlarni oling. Agar noto‘g‘ri rangni tanlasangiz, bu nafaqat avvalgi rangni tiklashda ancha vaqt talab qiladi, balki orzu qilgan rangingizni yaratishda ham qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Shuning uchun mutaxassisga o‘z xohishingizni ayting, keyin uning maslahatlarini tinglang.
Soch ildizlariga alohida e’tibor bering
Agar har uch haftada sochingizning ildizlari yorilishini istamasangiz, sartarosh maslahat bergan tor doiradagi ranglardan foydalaning.
Ijtimoiy tarmoqlardagi mutaxassislarning sahifasiga qarang
Sochingizni to‘g‘ri rangga bo‘yashni istasangiz, mutaxassislarning ijtimoiy sahifalaridagi suratlarga qarab chiqing. Ko‘p hollarda ular soch bo‘yashdan oldin va keyingi holatlar aks etgan suratni sahifasiga joylashtiradi.
O‘zingizga yoqqan rangni suratga oling
O‘zingizga yoqqan soch rangini suratga oling, bu sizning rasmingiz yoki biror mashhurlarning soch rangi bo‘lishi ahamiyatsiz. Bu mutaxassisga qaysi rangni orzu qilayotganingizni anglatish va tushunmovchiliklardan xalos bo‘lishning eng yaxshi yo‘li. Surat orqali siz unga ko‘p narsani tushuntirishingiz mumkin.
O‘zingizga yoqmagan rangni ham suratga oling
Agar siz sochingizning rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz va bu rang sizga mos kelmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, uni ham suratga olib saqlab qo‘ying. Bu ham mutaxassisga qaysi rangni istamayotganingizni va yoqmasligini ifodalashning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
Sochingizga niqob qiling
Qanday qilib o‘zingiz sochingizni bo‘yashingiz mumkin?Buning uchun siz bo‘yashdan bir kun oldin sochlaringizga niqob qo‘llang. Bo‘yoq sochlaringizni quritib yuborishi mumkin, agar niqob qo‘llanilsa, juda yaxshi natija beradi. Niqobni yuvishdan oldin sochlaringizni odatdagidan ikki barobar ko‘proq muddatga qoldiring.
Bo‘yoq qutisi ustidagi ranglarga alohida e’tibor bering
Agar sochingizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, siz bo‘yoq qutisi ustidagi rang natijalariga ishonib qolmang. Haqiqat shundaki, pigment sochlar bilan o‘zaro ta’sirlashib ularni o‘zgartirishi va bir yilgacha qolishi mumkin. Agar sochingizni to‘q rangga bo‘yagan bo‘lsangiz, avvalgi holatiga kelishi yoki boshqa rangni singdirishi uchun bir yil kerak bo‘ladi. Shuning uchun siz mutaxassis bilan bog‘lanib, birinchi marta soch bo‘yayotganingizni ayting.
Radikal yechimlar kerak emas
Birinchi bo‘yayotgan rangingiz sochingizning tabiiy rangidan biroz farq qilishi kerak. Sochingizni taxmiman bo‘yamang, radikal tajribalarning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.
Bo‘yash sochlarning hajmini oshiradi
Har safar sochingizni bo‘yaganingizda uning tashqi tomondan tuzilishi ham o‘zgargandek ko‘rinadi. Professional bo‘yoqlardan foydalanganda siz nafaqat chiroyli rangga ega bo‘lasiz, balki sochlaringiz ham sog‘lom ko‘rinadi.
Shampuningizni o‘zgartiring
Agar birinchi marta sochingizni bo‘yayotgan bo‘lsangiz, sizga yangi shampun va balzam kerak bo‘ladi. Stilistingizdan qaysi vosita sizning sochingizga mos tushishini so‘rang va uning maslahatiga amal qiling.
Qanday qilib quyoshdan himoyalanish kerak?
Soch rangini yo‘qotmaslik uchun shlyapalar, sharflar yoki UV filtrli konditsionerlar bilan himoya qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu quyoshli ob-havoda muhim. Yozda o‘zingiz orzu qilgan soch rangini ikki haftada yo‘qotishingiz mumkin.
Suvdan ehtiyot bo‘ling
Bundan tashqari, siz bo‘yalgan sochlaringizni dengiz tuzi va xlorli hovuzlardan himoya qilishingiz kerak. Agar sochingiz sariq rangda bo‘lsa, yashil rangga aylanishi mumkin, qoramtir rang esa cho‘milishdan keyin qizil rangga aylanishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun cho‘milishga borishdan oldin har doim sochlaringizni ko‘p miqdorda toza suv bilan namlang. Nam sochlar tuz va xlorli suvni o‘zlashtirmaydi va sochingizning rangi uchun xavfsiz hisoblanadi.
Ta’tildan so‘ng sochingizni bo‘yang
Har qanday holatda quyoshli dengizdagi ta’tildan keyin sochingizning rangini o‘z holatiga keltirish kerak bo‘ladi, shuning uchun bo‘yashni dam olishdan keyin rejalashtiring.
Soch bo‘yashdagi narxlarga e’tibor bering
Soch bo‘yashning taxminiy narxini aytish qiyin. Bu siz yashayotgan shahardagi o‘rtacha narxlarga ham, mutaxassisning mahorati, obro‘siga va u ishlatadigan bo‘yoqlar narxiga bog‘liq. Ammo siz arzon narxdagi bo‘yatishni tanlamasligingiz kerak, chunki sochlar sifatsiz bo‘yalsa, pushaymon bo‘lishingiz aniq.
Mavzuga doir:
- Soch to‘kilishi, rangi va tuzilishining o‘zgarishi qanday muammolardan darak beradi?
- Soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan usullar
- Soch parvarishi borasida asqatadigan 8 ta maslahat
- Soch to‘kilishini to‘xtatishga yordam beradigan 8 ta mahsulot
Manba