Salomatlik Goʼzallik Tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradigan samarali tavsiyalar

Tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradigan samarali tavsiyalar

O'qildi: 290


Tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradigan samarali tavsiyalar

Tirnoqlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Biotin qabul qiling

B guruhi vitaminlari qatoriga kiradigan biotin tirnoq va sochlar mustahkamligi, asab tizimining to‘g‘ri faoliyati uchun javob beradi. Tuxum, yasmiq, sardina(baliq turi)da biotin bisyor bo‘ladi. Yo bo‘lmasa shifokor bilan maslahatlashib, ushbu vitaminni biologik qo‘shimcha sifatida qabul qilsa ham bo‘ladi.

Suvdan kamroq foydalaning

Ko‘p suv tegishi oqibatida tirnoqlar mo‘rtlasha boshlaydi. Shu sabab ham suvdan kamroq foydalanishga harakat qiling, uy yumushlarini bajarganda rezina qo‘lqop kiyishni unutmang.

Lak va tirnoqni parvarish qiluvchi vositalar tarkibi bilan tanishing

Hamisha lak va tirnoqni parvarish qiluvchi vositalar tarkibini o‘qib chiqishni esingizdan chiqarmang. Gap shundaki, kimyoviy vositalar tirnoq plastinasiga zarar yetkazishi mumkin.

Tirnoqlarga dam bering

Bir muddat lak va shellaksiz yurib, tirnoqlarga dam bering. Aks holda tirnoqlaringiz sinuvchan va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Yog‘ bilan oziqlantiring

Kokos, zaytun va kanakunjut yog‘i tirnoq plastinasini mustahkamlab, uning atrofidagi terini namlantiradi. Shu sabab ham iliq yog‘ bilan vanna qilish tavsiya etiladi. Muolaja samarali bo‘lishi uchun paxtadan tikilgan qo‘lqop kiyib uxlash ayni muddao.

Namlantirishni unutmang

Kun davomida turli muammolar kuzatilmasligini istasangiz, tirnoq atrofidagi terini muntazam ravishda namlantirib turishni unutmang.

Vitaminlarni kanda qilmang

C vitamini tirnoqlarni mustahkamlab, o‘sishini jadallashtirgani sabab ham ularni limon bo‘lagi bilan artish maslahat beriladi. 5 daqiqa davom etadigan ushbu muolajadan keyin qo‘llarni iliq suvda yuvib tashlang.

Oziqlantirish

Tirnoqlar mustahkamligi uchun mikroelementlarning koni bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni kanda qilmaslik kerak.

Go‘sht va boshqa oqsilga boy mahsulotlar. Oqsil tirnoq plastinasi mustahkamligini ta’minlaydi.

Barra meva va sabzavotlar. Vitamin va minerallarning koni hisoblangan meva-sabzavotlar tirnoq, teri va soch salomatligini ta’minlaydi.

Qovoq urug‘i va qora shokolad tarkibidagi magniy tirnoqlarda dog‘ paydo bo‘lishining oldini oladi.

Baliq va dengiz mahsulotlari tarkibidagi rux moddasi tirnoqlar mustahkam bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan oqsil ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

Vinodan foydalaning

1 choy qoshiq tuz qo‘shilgan 200-250 ml vinoli aralashmadan tirnoqlarni vanna qilishda foydalansa bo‘ladi. Buning uchun vinoni 30-35 darajada ilitishingiz kerak bo‘ladi. Shundan keyin qo‘llarni iliq suvda yuvib, teriga namlantiruvchi krem surtish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.