Salomatlik Salomatlik Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot

Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot

O'qildi: 414


Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot

Toza suvning foydalari haqida hamma ham biladi. Ammo faqat bir nechta odamgina kuniga ikki litr suv ichishga rioya qiladi. U holda aksariyat insonlar organizmga yetishmayotgan suyuqlikni qaysi mahsulotlardan olishi mumkin?“Domashniy ochag” nashri ushbu savolga javob tariqasida bir nechta mahsulotlar ro‘yxati bilan bo‘lishdi.

Foto: “Domashniy ochag”

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, odam oziq-ovqat mahsulotlaridan bir kunlik suyuqlik miqdorining taxminan 20-30 foizini oladi. Albatta, bu ajablanarli emas chunki ba’zi mahsulotlar tarkibida 90 foiz yoki undan ko‘p namlik mavjud.

Aysberg salat bargi — suv tarkibi: 95,64 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Aslida, bu bargli sabzavotda suvdan boshqa hech narsa yo‘q. Uning boshqa turlari ko‘proq ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Ammo Aysbergning shubhasiz bir afzalligi ham bor — u kam kaloriyali mahsulotlar qatoriga kiradi.

Selder — suv miqdori: 95,43 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Selder vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib tanlovdir. Unda Aysbergga qaraganda bir oz kamroq suv bor, lekin ayni paytda u tom ma’noda namlik bilan to‘yingan.

Turp — suv tarkibi: 95,27 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Suvli turp asosiy taomga ajoyib qo‘shimchadir. Sabzavot ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan va organizmga infeksiyalarga qarshi turishga yordam beradigan antioksidant, vitamin va minerallarga boy.

Bodring — suv tarkibi: 95,23 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘z atrofi terisini parvarish qilishda bodring abadiy klassikadir. Sabzavot shishni kamaytirishiga qo‘shimcha ravishda, terini namlik bilan to‘yintirishga qodir — tashqi tomondan ham, iste’mol qilinganda ham. Shuningdek, mahsulot K vitamini, kaliy va magniyni o‘z ichiga olgan foydali oziq moddalar majmuasi hamdir.

Qovoqcha — suv tarkibi: 94,79 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Qovoqcha ham suvga boy tabiiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sabzavot tarkibidagi kaloriya miqdori shunchalik kamki, uni hatto kechasi ham iste’mol qilish mumkin.

Pomidor — suv tarkibi: 94,52 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Pomidorni yaxshi ko‘rishning bir qancha sabablari bor. Pomidor namlik bilan to‘yintirishdan tashqari, gematopoetik tizimning faoliyatini yaxshilaydi, qon tomirlari va yurak xuruji xavfini kamaytiradi hamda osteoporoz rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

Bulg‘or qalampiri — suv tarkibi: 93,89 foiz

Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot

Foto: “Domashniy ochag”

Bulg‘or qalampirida, xilma-xilligidan qat’i nazar, ko‘p miqdorda suv mavjud. Bundan tashqari, sabzavot kletchatka, kaliy va C vitaminiga boy — ular immunitet uchun haqiqatan ham zarur bo‘lgan ozuqa moddalari sanaladi.

Baqlajon — suv miqdori: 92,3 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Baqlajondan mazali taom va ishtaha ochar salatlar tayyorlash mumkin. Uning iste’mol orqali sog‘lom kletchatkaning yaxshigina qismiga ega bo‘lish mumkin, qolaversa, sabzavot yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Gulkaram — suv tarkibi: 92,07 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Gulkaram ko‘rinishidan suvli sabzavotga o‘xshamaydi, lekin u suv miqdori bo‘yicha eng yaxshi 10 ta mahsulot qatoriga kiradi. Bundan tashqari, karam ko‘plab foydali moddalarga, jumladan, metabolizm va asab tizimining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan xolin(vitamin B4)ga boy.

Tarvuz — suv tarkibi: 91,45 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Ajablanarlisi shundaki, suvli tarvuz ushbu reytingda o‘ninchi o‘rinni egalladi. Unda juda ko‘p namlik borligiga shubha yo‘q. Bundan tashqari, tarvuz tarkibida saraton, qandli diabet va yurak xastaliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim antioksidant likopen mavjud.

Ismaloq — suv miqdori: 91,4 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Ismaloq issiqlik bilan ishlov berish paytida ham asosiy namlikni saqlab qoladi, pishirilgach yumshoq va suvli bo‘ladi. Sabzavot tarkibida kalsiy, magniy va kaliy — suyaklar uchun zarur bo‘lgan elementlar ham mavjud.

Qulupnay — suv tarkibi: 90,95 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Bahor faslining so‘nggi oyiga kelib, qulupnay mavsumi boshlanadi. Rezavor antioksidantlarga boy. Olimlarning ta’kidlashicha, qulupnayni iste’mol qilish Alsgeymer kasalligi va gipertoniya xavfini kamaytiradi.

Sabzi — suv tarkibi: 90,35 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Sabzi ham deyarli 90 foiz suvni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ko‘zlar uchun zarur bo‘lgan A vitamini va beta-karotinning boy manbaidir.

Qovun — suv tarkibi: 90,15 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Qovun kam kaloriya va sog‘lom kletchatkani o‘z ichiga oladi. A vitaminining dozasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Qovun nafaqat mazali, balki foydali tomonlarga ham boy.

Greypfrut — suv tarkibi: 90 foiz

Foto: “Domashniy ochag”

Ro‘yxatning so‘nggi qatorini suvli sitrus — greypfrut egalladi. Suv tarkibiga ko‘ra, u mandarin va apelsinlardan keyinda turadi. Bundan tashqari, meva C vitamini va saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan fitonutrientlarga boy.

Mavzuga doir:

  • Avokadoni ratsionga kiritish uchun 3 ta sabab
  • Har kuni lavlagi iste’mol qilish uchun 9 ta sabab
  • Shifokorlar voz kechishni tavsiya etadigan 11 mahsulot
  • Haftasiga kamida 4 kilo: vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.